2021-yilda bu koʻrsatkich 76,6 foizni tashkil etgan edi. Xuddi shu yosh guruhidagi erkaklarning 97,5 foizi internetdan foydalanadi. Demak, erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tafovut 0,5 foiz bandigacha qisqargan.

Kontekst

Ma’lumotlar abonentlar soni asosida emas, balki uy xoʻjaliklari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov orqali olingan. Bunda internetdan foydalanish chastotasi va qurilma turi boʻyicha ajratilmagan holda, internetdan foydalanishning barcha shakllari hisobga olinadi. Ushbu koʻrsatkich Oʻzbekiston BMTga hisobot taqdim etadigan Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlari qatoriga kiradi. Shu hafta Milliy statistika qoʻmitasi «BMT Ayollar» tuzilmasi vakillari bilan gender statistikasi qamrovini kengaytirish va sifatini oshirish masalalarini muhokama qildi.