Hamjamiyat ta’lim, karyera, tadbirkorlik, liderlik va mentorlik sohasida oʻntadan ortiq loyihani olib boradi. ITdagi ayollar uchun birinchi milliy mukofot — «Yulduz Tech Awards» bilan 39 kishi taqdirlandi. Seminarda 50 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

Hafta davomida birinchi marta Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan birgalikda tashkil etilgan ayollar uchun axborot burchagi ishlamoqda. U yerda my.gov.uz portali statistikasi taqdim etildi.

Kontekst
Ayollar tarmoqda ozchilik boʻlib qolmoqda: IT Park rezidentlari oʻrtasidagi soʻrovga koʻra, ularning xodimlar orasidagi ulushi 16,8%ni tashkil etgan, holbuki ayollar mamlakat aholisining yarmini tashkil qiladi. GAP klubi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan IT Park bilan hamkorlikda 2022-yilda ishga tushirilgan. ICT Week Toshkentda 22 dan 25 sentabrgacha oʻtadi.