«Ğiştköprik» çegara bojxona posti 25-noyabr kuni oçilişini e’lon qildi: fuqarolarni ötkaziş soat 16:00 dan boşlanadi. Ungaça Özbekiston va Qozoğiston delegatsiyalari iştirokida obyektni qabul qilib oliş tadbirlari hamda oçiliş marosimi bölib ötadi. Qozoğiston tomonidan «Jibek Joli» deb ataluvçi uşbu post 2025-yil 5-fevraldan beri yopiq edi, ta’mirlaş işlarini esa dastlab tört oy içida yakunlaş rejalaştirilgandi.
Postning kunlik ötkazuvçanlik quvvati yölovçilar oqimi böyiça 30 mingdan 100 ming kişiga, yengil avtomobillar böyiça 600 tadan 3 mingtaga, avtobuslar böyiça esa 70 tadan 400 taga oşadi. Post hududi 6 gektardan 9 gektarga kengaytirildi, nazorat yölaklari soni 4 tadan 18 taga, avtoturargohlar siğimi esa 20 tadan 200 ta öringa yetkazildi. Post davlat rahbarining topşiriqlari asosida rekonstruksiya qilingan bölib, qömitadagilar uni mamlakatni taşqi dunyo bilan boğlovçi eng muhim darvozalardan biri deb atamoqda.
Mavjud binolarni buziş, loyihalaştiriş va quriliş-montaj işlarini öz içiga olgan postni rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş işlari 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli farmonning 2022–2025-yillarga möljallangan dasturiga kiritilgan bölib, Bojxona qömitasining byudjetdan taşqari jamğarmasi hisobidan amalga oşirilişi belgilangan edi. 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli farmon bilan hujjatga qöşimça kiritildi: «Dovut-ota» va «Ğiştköprik» postlarini rekonstruksiya qiliş uçun 2026-yil oxirigaça bojxona organlarining byudjetdan taşqari jamğarmalaridan qaytariş şarti bilan 83 mlrd söm miqdorida foizsiz ssuda ajratiladi.
Mazkur dasturda mahalliy byudjet hisobidan «Uç Qahramon» patrul postidan «Ğiştköprik»kaça bölgan 11 kilometrlik yöl böyi hududini obodonlaştiriş loyihalarini işlab çiqiş hamda çegaraoldi hududida 400 gektar maydonda savdo-logistika maydonini barpo etiş közda tutilgan. Uşbu maydon kuniga 5 mingta yuk avtomobili va 35 ming kişiga xizmat körsatuvçi infratuzilmaga möljallangan bölib, uni taşabbuskor mablağlari va bank kreditlari hisobidan taşkil etiş rejalaştirilmoqda.
18-noyabr — Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi kuni Bojxona qömitasi raisi taşabbusi bilan yangi qurilgan post markazidagi 45 metrli flagştokka bayroq örnatildi. Marosimda qömita raisi örinbosari O. Çoriyev, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Ş. Qudratxöja, bojxona organlari xodimlari hamda jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Kontekst
2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli farmon bilan «Ğiştköprik», «Zangiota» va «Dovut-ota» ötkaziş punktlarida avtotransport vositalari uçun ikki koridorli nazorat tizimi közda tutilgan. «Yaşil koridor»da xavf darajasi past bölgan transport vositalari va tovarlarga nisbatan avtomobil hamda haydovçining hujjatlarini tekşirişdan boşqa heç qanday davlat nazorati şakllari qöllanilmaydi; «qizil koridor»da esa xavf darajasi yuqori bölgan va tasodifiy tanlab olingan maşinalar nazoratdan ötadi. Mazkur tartib sinov yakunlariga köra, 2026-yil 1-sentyabrdan boşlab avtomobil ötkaziş punktlarida bosqiçma-bosqiç kuçga kirişi kerak.
Bojxona qömitasi 2025-yil noyabr oyida «Ğiştköprik» postida yengil avtomobillar uçun Markaziy Osiyoda birinçi Z portal skaner majmuasi örnatilgani va ular uçun ham ikki koridorli tizim joriy etilişini ma’lum qilgandi. Post oçilişi haqidagi xabarlarda bu tizim ilk kundanoq işlay boşlaşi yoki boşlamasligiga aniqlik kiritilmagan.
Sentyabr oyida post foydalanişga topşirilgaç, u orqali yuk avtomobillari harakati qayta tiklanişi haqida xabar berilgandi. Biroq bu qaysi sanadan boşlanişi hozirça aytilmayapti.
Şu mavzuda