2-sentabr kuni BMTning Atrof-muhit dasturi (UNEP) Limiting Overshoot ma’ruzasini e’lon qildi, unda yaqin yillarda dunyo sanoatdan oldingi davrga nisbatan 1,5°C isish darajasidan ehtimol oshib ketishi aytilgan.
Bu iqlim siyosatining oxirini anglatmaydi. Ammo muhokama mantigʻining oʻzi oʻzgaryapti. Agar ilgari asosiy vazifa bu koʻrsatkichdan oshib ketishdan qochish boʻlgan boʻlsa, endi oqibatlarni qanday kamaytirish va yangi sharoitlarga moslashishga koʻproq e’tibor qaratilmoqda, deb ta’kidlaydi ma’ruza mualliflari.
Markaziy Osiyo uchun bu suhbat ayniqsa dolzarb. Mintaqa allaqachon suv tanqisligi, ekstremal issiqlik va qishloq xoʻjaligiga ortib borayotgan yuk bilan duch kelmoqda. News Central Asia tahlilchilarining fikricha, mintaqa davlatlari kelajak iqlimiga emas, balki aslida allaqachon kelayotgan iqlimga tayyorlanishi kerak.
Parallel ravishda avgust oyida Ulan-Batorda yerning degradatsiyasi va qurgʻoqchilikka qarshi kurashga bagʻishlangan UNCCD COP17 konferensiyasi oʻtdi. Unda yangi Qurgʻoqchilikka chidamlilik indeksi taqdim etildi va qurgʻoqchilikka moslashish loyihalari uchun taxminan 1,3 mlrd dollarlik investitsiya mexanizmi e’lon qilindi.
Oʻzbekiston uchun bunday tashabbuslar suvni tejash, yerlarni tiklash va barqaror qishloq xoʻjaligini rivojlantirish loyihalarini qoʻshimcha moliyalashtirishga kirishni anglatishi mumkin. Ayniqsa suv va issiqlik masalalari nafaqat ekologik, balki iqtisodiy muammoga ham aylanayotgan fonda.
Hali bir necha yil oldin iqlim hisobotlari koʻpincha uzoq kelajak haqidagi ogohlantirish sifatida qabul qilinardi. Bugun ular tobora koʻproq allaqachon oʻzgarayotgan voqelikka moslashish boʻyicha yoʻriqnoma kabi koʻrinmoqda.