Toshkent orqali flydubai yoʻlovchilariga Moskva, Frankfurt, London, Parij, Buxoro va Fargʻona ochiladi, Uzbekistan Airways mijozlariga esa flydubai’ning Dubay orqali marshrutlari mavjud boʻladi. Xuddi shu kuni flydubai Air India bilan ham shunday kelishuv imzoladi. Ikki shartnoma birgalikda kompaniyaga 80 dan ortiq yangi yoʻnalish beradi, interlayn-hamkorlari soni esa 46 taga yetdi.
Kontekst
2026-yil 20-martdan Uzbekistan Airways Air India bilan Toshkentdan Dehli, Mumbay va Goaga reyslarda kodsheringni yoʻlga qoʻygan. Etihad bilan kodshering 15-mayda kuchga kirdi, Toshkent — Abu-Dabi qoʻshma reyslari esa 9-avgustda boshlandi. Uzbekistan Airways 100 dan ortiq yoʻnalishga uchadi.