Bitim 2022-yildagi kelişuvlar doirasida imzolandi. Bitimni imzolaş va uni moliyaviy jihatdan yopiş alohida bosqiçlar hisoblanadi: xarid jarayoni şartlar bajarilib, hisob-kitoblar amalga oşirilgaç hamda aksiyalarga bölgan huquqlar ötgandan söng yakunlanadi. Kelişuv mijozlar bilan tuzilgan şartnomalarga ta’sir qilmaydi, mijozlardan heç qanday harakat talab etilmaydi.

Bitimga qadar mulkdorlar tarkibi quyidagiça edi: 72,9% — OTP Bank, 17,5% — Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda 8,7% — 2026-yil 26-mayda avval ajratilgan qarzni aksiyalarga konvertatsiya qilgan Xalqaro moliya korporatsiyasi.

Bank 2023-yilning iyun oyida OTP Group tarkibiga kirgan edi. Bank ma’lumotlariga köra, bir yil içida muammoli kreditlar uluşi 10,2 foizdan 2,6 foizgaça qisqardi — bu sohadagi örtaça 3,2 foizlik körsatkiçdan pastdir. Bek-ofis markazlaştirilgaç, ma’muriy yuklama taxminan 20 foizga, aloqa markazida örtaça kutiş vaqti esa qariyb 90 foizga kamaydi, mijozlar sodiqligi indeksi 58 foizdan 74 foizgaça oşdi.

«Ipoteka bank OTP Group’ning uzoq muddatli strategiyasida muhim örin tutadi», — dedi OTP Bank boş direktori örinbosari Laslo Volf.

Kontekst

Prezidentning 2020-yil 12-maydagi PF-5992-sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2020–2025-yillarga möljallangan bank tizimini isloh qiliş strategiyasida Xalqaro moliya korporatsiyasi kömagida Ipoteka-bankni transformatsiya qiliş va xususiylaştiriş közda tutilgan, oldi-sotdi şartnomasini tuziş esa 2022-yilga rejalaştirilgan edi. Şu hujjatning özida «Özsanoatqurilişbank», «Asaka», «Aloqabank», «Qişloq quriliş bank» va «Turonbank» ham xususiylaştirilişi belgilangan.

Şu mavzuda