Bozor xizmatlari hajmi 17 foizga, qurilish ishlari hajmi 11,8 foizga, sanoat ishlab chiqarishi esa 8 foizga oshdi. Tashqi savdo aylanmasi 7,6 foizga koʻpaydi. Iste’mol narxlari indeksi 2025-yil dekabriga nisbatan 103,4 foizni tashkil etdi. Bu shu davrda iste’mol narxlari 3,4 foizga oshganini anglatadi.
1-sentabr holatiga koʻra, mamlakatda dehqon va fermer xoʻjaliklarini hisobga olmaganda, 613 452 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritayotgan edi. Iyun oyida ularning soni 586,2 mingta boʻlgan. Shunday qilib, bu davrda korxona va tashkilotlar soni qariyb 27 mingtaga koʻpaygan.
Kontekst
Chakana savdo va xizmatlar hajmi sanoat ishlab chiqarishiga qaraganda tezroq oʻsmoqda: dastlabki ikki yoʻnalishda oʻsish 17–19 foizni, sanoatda esa 8 foizni tashkil etdi.
Shu bilan birga, yanvar–iyul oylarida import 17,8 foizga oshib, $29,6 mlrdga yetdi. Toʻlov balansining joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi esa birinchi chorakda $5,79 mlrdni tashkil etdi. Bir yil avval bu koʻrsatkich $304 mln boʻlgan.
15-oktabrdan boshlanadigan biznes subyektlarini roʻyxatga olish tadbiri natijasida korxona va tashkilotlar soni oʻzgarishi mumkin. Chunki roʻyxatdan oʻtgan ayrim kompaniyalar amalda faoliyat yuritmaydi.