Mahalliy elektron tizimlar operatorlari uchun jarima miqdori biznes koʻlamiga bogʻliq: mikrokorxonalar uchun 1 mlrd rupiygacha, oʻrta korxonalar uchun esa 10 mlrd rupiygacha. PP TUNAS reglamenti 2026-yil mart oyidan buyon amal qilmoqda va platformalarni bolalar uchun xavflilik darajasiga qarab uch toifaga ajratadi. Yuqori xavfli platformalar — ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, striming xizmatlari va ayrim onlayn oʻyinlar — 16 yoshga toʻlmagan foydalanuvchilar uchun yopiq boʻlishi va ota-onalarning ruxsatini talab qilishi kerak. Qoidalar ijrosi olti oydan soʻng tekshirildi. Aloqa va raqamli ishlar vaziri Meutya Hafid Facebook, Instagram, Threads, YouTube va TikTok belgilangan talablarni hozircha toʻliq bajarmaganini ma’lum qildi. Platformalar xavflarni mustaqil baholash jarayonini 31-dekabrgacha yakunlashi kerak. Aks holda, baholashni davlat organlari oʻtkazadi.
Oʻzbekistonda hozircha bunday normalar mavjud emas. 2026-yil iyun oyida maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova vazirlik 16 yoshga toʻlmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish va uni jamoatchilik muhokamasiga qoʻyishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Kontekst
18-sentabr kuni Yevropa komissiyasi 13 yoshga toʻlmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashni taklif qildi.