Blogerning ikki yuz ming obunaçisi bor. U sud işlari haqida hikoya qiladi, amaldorlardan izoh oladi va reklama orqali daromad topadi. Uning auditoriyasi köplab tahririyatlarnikidan ham kattaroq. Biroq qonun nuqtayi nazaridan u jurnalistmi? Uni inflyuenser deb atay boşlaşganda nima özgaradi?

Özbekistonda uşbu rollar uçun hozirda turliça qoidalar amal qilmoqda va ular özgarib bormoqda. Huquqlar ham, majburiyatlar ham, soliqlar ham qonun sizni kim deb hisoblaşiga boğliq.

Qonun böyiça bloger kim

«Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunda öz veb-sayti va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanişi mumkin bölgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va boşqa xususiyatdagi axborotni, şu jumladan, muhokama qiliş uçun joylaştiruvçi jismoniy şaxsga bloger deb ta’rif berilgan. Blogerning asosiy majburiyati — ma’lumotni e’lon qilişdan oldin uning töğriligini tekşiriş va öz resursidan taqiqlangan maqsadlarda foydalanmaslikdir. Qoidabuzarliklar uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik közda tutilgan.

E’tibor bering, uşbu ta’rifda nimalar yöq: obunaçilar soni, daromad, röyxatdan ötiş. Agar u ijtimoiy mavzularda yozsa, qonun hatto yuzta öquvçisi bor odamni ham bloger deb hisoblaşi mumkin.

Blogning OAVdan farqi nimada

Özbekistonda OAV maqomi davlat röyxatidan ötiş bilan boğliq: tahririyat huquqiy maqom bilan birga tegişli majburiyatlarga ham ega böladi.

OAV maqomi ham majburiyat yuklaydi, ham himoya taqdim etadi. Tahririyat özi e’lon qilayotgan barça materiallar uçun javobgardir, ammo buning evaziga jurnalist akkreditatsiya olişi, rasmiy sörovlar yuborişi va kasbiy faoliyati himoya qilinişiga tayanişi mumkin. Tahririyati bölmagan bloger ham faktlarni tekşiriş borasida şunga öxşaş majburiyatlarga ega, biroq unda jurnalistniki kabi qonunan mustahkamlab qöyilgan kafolatlar mavjud emas (tahririyat bahosi).

Yangi şaxs: inflyuenser

2025-yil may oyida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi saytlar hamda onlayn platformalar foydalanuvçilarining huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi qonun loyihasini muhokamaga qöydi. Unda inflyuenserlar uçun alohida tartib nazarda tutilgan edi. Hujjatda 10 mingdan ortiq obunaçiga ega bölgan va kontent orqali daromad topadigan şaxs inflyuenser deb belgilangan. Bunday mualliflarga öz aloqa ma’lumotlarini oçiqlaş, faqat tekşirilgan axborotni joylaştiriş, izohlarni moderatsiya qiliş hamda reklama va homiylik integratsiyalaridan soliq tölaş majburiyatini yuklaş taklif etilgandi. Muntazam qoidabuzarliklar uçun esa akkauntni olti oygaça bölgan muddatga bloklaş közda tutilgan edi.

Loyihaning qabul qilinganiga oid ma’lumotlarni oçiq manbalardan topa olmadik. Ğoya tuşunarli: auditoriya qançalik keng va mablağ qançalik köp bölsa, muallif mas’uliyat darajasi jihatidan tahririyatga şunçalik yaqinlaşadi. Jurnalistlar ega bölgan himoya esa loyiha tavsifida tilga olinmagan.

Pul va soliqlar

Amaliy özgarişlar soliq va reklama orqali allaqaçon boşlangan. 2026-yil may oyida Soliq qömitasi 110 nafar faol bloger faoliyatini örganib çiqqanini ma’lum qildi: ulardan 55 nafari özini özi band qilgan şaxs, 33 nafari yakka tartibdagi tadbirkor, 22 nafari esa jismoniy şaxs sifatida işlaydi. Har birida 3 milliondan ortiq obunaçi bölgan olti nafar eng yirik bloger 2025-yilda 360 ta stori va 184 ta reklama postini joylaştirib, 2,7 mlrd söm daromadni deklaratsiya qilgan hamda 110,4 mln söm soliq tölagan. Qömitaning dastlabki bahosiga köra, uşbu olti bloger tomonidan tölanmagan soliqlar miqdori qariyb 3,1 mlrd sömni taşkil etişi mumkin. Qömita özini özi band qilgan şaxs xodim yollaşga haqli emasligini, holbuki ayrim blogerlarning administratorlari va reklama menejerlari borligini alohida eslatib ötdi.

Blogerlar joylayotgan reklamalar ham nazorat ostida. 2026-yil noyabr oyida Raqobat qömitasi har kuni 110 nafar blogerning postlarini kuzatib borayotgani va ulardan 12 nafarida «Reklama töğrisida»gi qonun talablariga javob bermaydigan reklama holatlarini aniqlagani, şuningdek, ularga nisbatan ma’muriy javobgarlik çoralari qöllanilgani haqida xabar bergan edi. Qömita reklama işonçli bölişi va iste’molçilarni çalğitmasligi kerakligini eslatib ötdi.

Nega bu söz erkinligi uçun muhim

Blogerlar faoliyatini tartibga solişning ikki tomoni bor. Bir tomondan, öquvçilar maşhur kanal ortida kim turganini va ularga pul evaziga nima reklama qilinayotganini bilişga haqli. Boşqa tomondan esa, bloglar köpinça yirik tahririyatlar sukut saqlaydigan mavzularni yoritadi va haddan taşqari köp majburiyatlar yuklatilişi ularga nisbatan bosim ötkaziş vositasiga aylanib qolişi mumkin. Masalan, izohlarni majburiy moderatsiyadan ötkaziş haqidagi me’yor yoki tegişli idora körsatmasiga binoan akkaunt faoliyatini töxtatib qöyiş kabilar şular jumlasidandir (tahririyat bahosi).

Fikrni erkin ifoda etiş borasidagi xalqaro standartlarga köra, jurnalistika diplom yoki röyxatdan ötkazilganlik töğrisidagi guvohnoma bilan emas, balki amalga oşirilayotgan faoliyat bilan belgilanadi. Agar biror şaxs ijtimoiy ahamiyatga ega axborotni tizimli ravişda töplasa va e’lon qilsa, uning faoliyati himoya qilinişga haqlidir. Özbekiston Konstitutsiyasining 33-moddasida axborotni izlaş, oliş va tarqatiş huquqi faqatgina röyxatdan ötgan tahririyatlargagina emas, balki har bir insonga kafolatlangan.

Bloger hozirdanoq nima qilişi kerak

Faktlarni e’lon qilişdan oldin tekşiring va manbalarni saqlab qöying: bu qonun böyiça bevosita majburiyatingiz hamda nizoli vaziyatlarda eng yaxşi himoyadir. Xatoga yöl qöygan bölsangiz, raddiyani oçiq e’lon qiling. Reklamaga reklama belgisini qöying va obunaçilarga mahsulot bajara olmaydigan xususiyatlarni va’da qilmang. Daromadlarni mos maqomda rasmiylaştiring: agar jamoangiz bölsa, özini özi band qilgan şaxs maqomi sizga töğri kelmaydi.

Agar davlat organlari va sudlar faoliyatini yoritsangiz, saytingiz yoki kanalingizni OAV sifatida röyxatdan ötkaziş haqida öylab köring. Bu qöşimça majburiyatlar yuklasa-da, köproq imkoniyatlar ham taqdim etadi: akkreditatsiyadan ötiş, rasmiy sörovlar yuboriş hamda bahsli vaziyatlarda jurnalist maqomiga ega böliş imkoniyati şular jumlasidandir.

Auditoriya mas’uliyat sifatida

Bloger va OAV örtasidagi çegara yöqolib bormoqda, Özbekiston qonunçiligi esa uni obunaçilar soni, daromad va soliqlar orqali qaytadan belgilaşga harakat qilmoqda. Hozirça uşbu tizimda huquqlardan köra majburiyatlar köproq. Yakuniy qonun qanday bölişi esa köp jihatdan blogerlarning özlari uning muhokamasida iştirok etişiga boğliq.

Uzbekistan Digital Rights Media Initiative (UDRMI) loyihasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantiriş markazi (MJDC) tomonidan Legal Policy Research Centre (LPRC) bilan hamkorlikda va Yevropa Ittifoqining (YI) moliyaviy kömagida amalga oşirilmoqda.

Şu mavzuda