KQ-412-V-sonli qaror 15-oktyabrda qabul qilingan. Unga köra, 2026-yil yakunlari böyiça Özbekiston «Çegara bilmas muxbirlar» taşkilotining Matbuot erkinligi indeksida 34,95 ball töplab, 180 davlat orasida 147-örinni egalladi. Hujjatda bu yöl aniq bayon etilgan: 2016–2017-yillardagi islohotlardan söng mamlakat 2019–2022-yillarda 36 poğonaga — 169-örindan 133-öringa — kötarilib, «öta jiddiy vaziyat» toifasidan «murakkab vaziyat» toifasiga ötgan, biroq 2024-yildan boşlab 14 poğonaga pastlab, yana «öta jiddiy» toifaga qaytgan.
Senat taşkilot ma’ruzasidagi beşta omilni sanab ötdi: mustaqil xususiy televideniye tarmoqlarining yetarli darajada şakllanmaganligi hamda davlat radioeşittiriş vositalarining asosan rasmiy axborot va tarğibot materiallari bilan çeklanib qolayotganligi; ommaviy axborot vositalari faoliyati ustidan davlat nazoratining yuqori darajasi va ayrim blogerlarning davlat organlari bilan yaqin aloqasining saqlanib qolayotganligi; ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar faoliyatini çeklovçi normalarni qayta körib çiqiş böyiça islohotlarning yetarli emasligi; ayrim hollarda mansabdor şaxslar tomonidan iqtisodiy bosim ötkaziş va jurnalistlarga ta’sir ötkazişga urinişlarning saqlanib qolayotganligi; rasmiy OAVda korrupsiyaning çeklangan darajada yoritilayotganligi. Şu bilan birga, qarorda mamlakatda amalga oşirilgan islohotlar ma’ruzada yetarli darajada hisobga olinmagani qayd etilgan.
Çora-tadbirlar rejasi oylar böyiça belgilangan. 2027-yil fevral oyiga qadar Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki işlar vazirligi hamda Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan jurnalist va blogerlarga nisbatan ma’muriy va jinoyat işlari, sud qarorlari va hukmlari böyiça huquqiy ma’lumotnomalar tayyorlanadi, may oyiga qadar esa ular alohida elektron reyestrda e’lon qilinadi va muntazam yangilanib boriladi. Fevral oyiga kelib ozodlikdan mahrum etiş joylaridan ozod qilingan jurnalistlarning huquqiy maqomi tiklangani va reabilitatsiya qilingani örganiladi, avgust oyiga kelib esa hisobot e’lon qilinadi. Aprel oyiga qadar davlat organlarining jurnalistlar bilan işlaşining yagona standartlari işlab çiqiladi, iyul oyiga qadar «Axborot olish kafolatlari va erkinligi töğrisida»gi Qonun asosida oçiqlikni monitoring qiliş elektron platformasi işga tuşiriladi, sentyabr oyiga qadar rahbarlar oçiqlik körsatkiçlari böyiça KPI asosida baholanadi. Alohida: 2027-yil fevral oyida «Çegara bilmas muxbirlar»ga 2026-yilgi ma’ruzadagi faktik xatolarni isbotlovçi yozma murojaat yuboriladi, martdan dekabrgaça esa taşkilot va boşqa xalqaro tuzilmalar vakillari Özbekistondagi konferensiyalarga taklif qilinadi va ularning mustaqil jurnalistlar bilan erkin uçraşuvlari taşkil etiladi.
Kontekst
Indeks Senatning 2024-yil 16-avgustdagi qarori bilan mamlakat uçun ustuvor reytinglar röyxatiga kiritilgan — xalqaro reytinglar bilan işlaş ustidan parlament nazoratini kuçaytiriş töğrisidagi 2024-yil 19-iyundagi PF-91-sonli Farmonni ijro etiş uçun. Bu indeks uçun mas’ul bölgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2025-yil 14-iyuldagi PF-111-sonli Farmon bilan tugatildi, endilikda esa Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi OAV uçun kontent tayyorlaş markazi va Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari markazi teng mas’ul etib belgilandi. Işçi guruhga Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi A. Eşmuratov rahbarlik qildi, ijroni nazorat qiliş Senat raisining birinçi örinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklandi.
Şu mavzuda