Yangi dasturlar boʻyicha 1, 2, 3, 5, 7 va 8-sinflar oʻqiydi. 1–3-sinflarda baho qoʻyilmaydi, 7-sinfdan mezonli baholash joriy etiladi. Yangi maktab uch bosqichga boʻlinadi: 1–6, 7–9 va 10–12-sinflar. 2025-yil 14-martdagi standart boʻyicha birinchi toʻliq bitiruv — 2036/2037 oʻquv yilida, maktabni 2019-yilda tugʻilgan bolalar tugatadi. Bakalavriat toʻrt yildan uch yilgacha qisqartirilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekistonda maktab 11 yillik, 2025/2026 oʻquv yilida unda 6 870,5 ming kishi oʻqigan.

Kontekst

Qirgʻizistonning oʻtishi 2025-yil sentabrda boshlangan: 3-sinfni tugatganlar bevosita 5-sinfga, 6-sinfni tugatganlar — 8-sinfga oʻtdi. Oʻzbekiston 12 yillik sxema (9 yil maktab va 3 yil litsey yoki kollej) boʻyicha ishlagan, ammo 2017-yilda 11 yillik ta’limga qaytdi.