Bu natijalar 27 oktyabr kuni Şavkat Mirziyoyevning soğliqni saqlaş va farmatsevtika xodimlari bilan Köksaroy qarorgohidagi uçraşuvida ma’lum qilindi. Odamlarni “oltin soat” doirasida körsatilgan yordam qutqarib qoldi. Bu — Soğliqni saqlaş vazirligi tuşuntirişiça, infarkt va insultda şoşilinç yordam ayniqsa muhim bölgan va bemorning hayotini saqlab qoliş imkoniyatini sezilarli oşiradigan vaqtning nomi.

Şu bilan birga, 28 ta tumanda birlamçi böğinning yangi modeli sinovdan ötkazildi: 7 million aholi oilaviy şifokorlarga biriktirildi, laboratoriyalar işga tuşirildi, şifokorlar va hamşiralar öqitildi, yordam oliş tartibi belgilandi. Kafolatlangan paket doirasida ambulator bemorlarga 69 nomdagi dori vositasi bepul berilmoqda.

Sönggi ön yilda mamlakatda 10 million kişiga möljallangan poliklinika va şifoxonalar işga tuşirildi, 58 ming koyka-örin yaratildi, tibbiy xizmatlar hajmi uç barobar oşdi. Bugun Özbekistonda ilgari faqat xorijda mavjud bölgan 100 dan ortiq xizmat turi körsatilmoqda — tuğma yurak nuqsonlarini davolaş, a’zolarni köçirib ötkaziş, robotlaştirilgan va eng murakkab neyroxirurgik amaliyotlar.

Kontekst

Prezident tilga olgan a’zolar transplantatsiyasi davom etmoqda: Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati 31 oktyabr kuni xabar berişiça, Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Vaqf” xayriya jamğarmasi orqali yana uç nafar bemorga jigar köçirib ötkazildi. Operatsiyalar sanasini vazirlik körsatmadi. Farmatsevtika sohasida sönggi yillarda umumiy qiymati 1 milliard dollarlik 330 ta yangi quvvat işga tuşirildi hududlarda taşkil etilgan farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalarida esa 1,2 milliard dollarlik loyihalar amalga oşirilmoqda. Sohada 800 mingdan ortiq soğliqni saqlaş va farmatsevtika xodimi band, şifokorlarni esa har yili 11 ta davlat oliy ta’lim muassasasi tayyorlaydi — yiliga 15 ming kişi.

Şu mavzuda