Komissiya 300 rupiy darajasida cheklangan: u 75 000 rupiylik toʻlovda maksimumga yetadi va undan keyin oshmaydi. Odamlar oʻrtasidagi oʻtkazmalar summasidan qat’i nazar bepul qoladi, sotuvchilarga 2 000 rupiygacha boʻlgan toʻlovlar ham. UPI orqali oyiga 100 ming rupiygacha oladigan kichik sotuvchilar nol toifada qoladi; agar tushumlar bu chegaradan uch oy ketma-ket oshsa, hisob avtomatik ravishda komissiyali oddiy toifaga oʻtkaziladi. Hindiston Moliya vazirligi komissiya soliq emasligini, davlatga tushmasligini va xaridorga yuklatilmasligini, hamda oʻzgarishlar sotuvchilarga toʻlovlarning taxminan 96% iga ta’sir qilmasligini ma’lum qildi.
Oʻzbekistonda yagona UzQR kodi orqali toʻlovlar xaridor uchun bepul, biznes uchun xarajat esa bankka bogʻliq: ekvayer bank umumiy tarifdan qat’iy belgilangan 0,1% ni oladi va mijoz uchun shartlarni oʻzi belgilaydi. UzQR savdo va xizmatlardagi barcha yuridik shaxslar uchun 2026-yil 1-iyuldan majburiy.
Kontekst
Hindiston 2020-yil yanvarda sotuvchilardan UPI qabul qilish uchun komissiyani bekor qilgan edi. Ayrim tijorat operatsiyalari boʻyicha haq olish imkoniyatini 2026-yil avgustda qonunchilikka kiritilgan tuzatishlar bilan qaytarishdi.