Loyiha 21-noyabr kuni e’lon qilingan bölib, muhokama jarayoni 1-dekabrgaça davom etadi. U Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi PQ-294-sonli qarori ijrosini ta’minlaşga qaratilgan hamda Soliq qömitasi bilan kelişilgan.

Mezon quyidagiça: işlab çiqariş korxonalaridan taşqari barça taşkilotlar, agar çorak yakunlariga köra tovarlar, işlar va xizmatlarni realizatsiya qiliş aylanmasi 500 mln sömdan oşsa hamda uşbu aylanmada bölib tölaş uluşi 50 foiz va undan yuqori bölsa, hisobga turişi va reyestrga kiritilişi şart. Taşkilotlar uşbu körsatkiçni mustaqil ravişda hisoblab, hisobot çoragidan keyingi oyning 20-sanasidan keçiktirmay Markaziy bankka murojaat qiladi. Banklar va mikromoliya taşkilotlari reyestrga xabarnoma asosida, qolgan yuridik şaxslar esa hisobga qöyiş orqali kiritiladi.

Bölib tölaş aylanmasi töğrisidagi ma’lumotlarni Soliq qömitasi elektron hisobvaraq-fakturalar va onlayn-kassa çeklari hamda mahsulot va xizmatlarning alohida identifikatsiya kodlari asosida şakllantiradi va keyingi oyning 15-sanasiga qadar Markaziy bankka elektron şaklda yuboradi. Markaziy bank uşbu ma’lumotlarni beş iş kuni içida körib çiqadi va aniqlik kiritişni sörab murojaat qilişi mumkin, qömita ham bunga beş iş kuni içida javob qaytaradi. Bunday taşkilotlarni aniqlaşda Markaziy bank boşqa manbalardan, jumladan kredit byurolaridan olingan ma’lumotlardan ham foydalanişga haqli.

Ma’lumotlar almaşinuvi axborot tizimlarining töğridan-töğri integratsiyasi orqali amalga oşiriladi, olingan ma’lumotlardan faqat uşbu nizom maqsadlarida foydalaniladi va ularga nisbatan soliq hamda bank siri töğrisidagi qonunçilik talablari tatbiq etiladi. Mezonlarga muvofiq kelgani holda hisobga turmasdan faoliyat yuritiş nizom talablarini buziş deb hisoblanadi va aybdor şaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Kontekst

2026-yil 14-avgustdagi PQ-294-sonli qaror bilan 2027-yil 1-yanvardan e’tiboran muddatli tölov xizmatlari operatorlari faoliyati yölga qöyiladi hamda ular uçun muayyan talablar belgilanadi: neustoyka va boşqa çoralar summasi yiliga bölib tölaş summasining yarmidan oşişi mumkin emas; iste’molçi qöşimça jarima, penya va komissiyalarsiz istalgan vaqtda tölovni töliq yoki qisman muddatidan oldin söndirişga haqli; uning şartnoma böyiça majburiyatlari muddati esa köpi bilan ön ikki oyni taşkil etişi lozim. Moliyaviy xizmatlar iste’molçilarining huquqlarini himoya qiliş hamda aholining qarz yuki yaşirin tarzda oşib ketişining oldini oliş mazkur hujjatning asosiy maqsadlari etib belgilangan.

Şu mavzuda