Gap 2-noyabrdagi ÖRQ-1186-sonli qonun haqida bormoqda, u Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksni töldiradi. BHM 1-sentyabrdan 440 000 sömni taşkil etadi, ya’ni gaz quyiş şoxobçasi uçun jarima 1,32 million sömdan 2,2 million sömgaça bölib çiqadi.

Xuddi şu qonun bilan vakolatli organlarga va quriliş obyektlari böyiça xulosalar beruvçilarga bosim ötkazganlik uçun javobgarlik joriy etilmoqda. Xizmat vakolatlaridan foydalanayotgan mansabdor şaxsning quriliş uçun yer uçastkalari ajratiş, loyihalaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş va tayyor obyektni foydalanişga qabul qilişda vakolatli organ va xulosa beruvçilar işiga noqonuniy aralaşuvi BHMning 100 baravaridan 150 baravarigaça — 44 million sömdan 66 million sömgaça — miqdorda jarima yoki 15 sutkagaça ma’muriy qamoq bilan jazolanadi.

Savdoga oid alohida norma: bozor, savdo kompleksi yoki savdo-köngiloçar markazi mulkdori yonğin sodir bölganda uçinçi şaxslarning hayoti va soğliğiga yetkazilgan zarar uçun öz fuqarolik javobgarligini suğurta qilmagan va obyektni yonğindan majburiy suğurta qiliş majburiyatini bajarmagan bölsa, mansabdor şaxslarga BHMning 50 baravaridan 75 baravarigaça, ya’ni 22 mln sömdan 33 mln sömgaça jarima solinadi. Yonğin auditini ötkaziş talablarini buzganlik uçun fuqarolarga 15 BHM, mansabdor şaxslarga 30 BHM miqdorida jarima solinadi.

Kontekst

Qonunning kuçga kiriş sanasi Qonunçilik ma’lumotlari milliy bazasida 2027-yil 5-fevral deb körsatilgan. Qonun imzolanişidan ikki kun oldin hukumat aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlaşning bozor mexanizmlarini bosqiçma-bosqiç joriy etiş töğrisida 602-sonli qaror qabul qildi, unga köra ballonli gazning çakana narxi 15-noyabrdan özgaradi.

Şu mavzuda