Abdukodirovning soʻzlariga koʻra, toʻlov balansining joriy hisobi taqchilligi birinchi chorakda $5,7 mlrdni tashkil etdi, bir yil avval esa taxminan $1,4 mlrd edi. Mamlakatda ishlab chiqarish mumkin boʻlgan iste’mol tovarlarining 40 foizi import qilinadi. YaIMning yarmidan koʻpi moliyaviy xizmatlarni ham qamrab olgan xizmatlarga toʻgʻri keladi.

Abdukodirov ASRR iqtisodiy siyosat boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan bahslashayotganini ma’lum qildi. Uning fikricha, inflyatsiyani targetlashga yoʻnaltirilganlik oʻsishni cheklaydi: fiskal organlar iqtisodiyotni ragʻbatlantiradi, monetar organlar esa pul massasi oʻsishini jilovlaydi. «Inflyatsiya — iqtisodiyot rivojlanishining hosilasi», — dedi u.

Kontekst
Oʻzbekiston Markaziy banki inflyatsiyani targetlash siyosatini yuritmoqda, maqsad — 5 foiz.