Ayni paytda viloyatda umumiy qiymati 11 mlrd dollar boʻlgan 242 ta loyiha doirasida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Yil oxirigacha 3,5 mlrd dollar miqdoridagi investitsiyalarni oʻzlashtirish rejalashtirilgan.
Loyihalar avtomobilsozlik, elektrotexnika, toʻqimachilik, energetika, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, alyuminiy profillar va mebel ishlab chiqarish, shuningdek, logistika, ta’lim va sogʻliqni saqlash sohalarini qamrab oladi.
Kontekst
Andijonda boʻlib oʻtgan yigʻilishda Prezident kelgusi yilda viloyat iqtisodiyotining kamida 10 foizga oʻsishini ta’minlash vazifasini qoʻydi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiy oʻsish 8,8 foizni tashkil etgan edi.
Endilikda sanoat maydonchalarining samaradorligi nafaqat jalb qilingan investitsiyalar hajmi, balki maydonning har bir kvadrat metriga toʻgʻri keladigan qoʻshilgan qiymat asosida ham baholanadi.
Sanoat uchun ajratilgan yer maydonlarida 7 mlrd dollar investitsiya jalb qilish va kamida 70 mingta ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.