Arizalar va hujjatlar endi litsenziyalash tizimi orqali onlayn topshiriladi, toʻlovlar esa shu tizim orqali amalga oshiriladi. Oʻzgarishlar Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) koʻmagida ishlab chiqilgan «Hukumat akseleratorlari» 100 kunlik dasturi doirasida amalga oshirildi.
Yangi tizim davlat ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan boʻlib, asosiy tartib-taomillarni masofadan turib bajarish imkonini beradi.
Qirgʻiziston tajribasi Oʻzbekiston uchun ham ahamiyatli boʻlishi mumkin, chunki mamlakatda davlat xizmatlarini raqamlashtirish va tadbirkorlar uchun elektron xizmatlar koʻlamini kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Soʻnggi yillarda ruxsat beruvchi hujjatlar va litsenziyalarni onlayn olish imkoniyatlari ham kengaymoqda.
Kontekst
«Hukumat akseleratorlari» dasturi davlat tartib-taomillarini qayta koʻrib chiqish va soddalashtirishga qaratilgan. Raqamli litsenziyalash loyihasi Qirgʻizistonda sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarning yoʻnalishlaridan biriga aylandi.