Banklardan tashqari platformaga ikkita toʻlov tizimi, bitta kredit byurosi va bitta valyuta birjasi ulangan. MISP orqali moliya tashkilotlari kiberxavflar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni nafaqat oʻzaro, balki davlat organlari bilan ham almashadi: Markaziy bank va Kiberxavfsizlik markazi platformalari integratsiya qilingan. Markaziy bank moliya sektorining qolgan ishtirokchilarini bosqichma-bosqich ulashni va kelgusida platforma statistikasini e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Bankda banklarning axborot tizimlariga, jumladan DoS va DDoS hujumlariga urinishlar qayd etilayotgani tasdiqlandi.
Kontekst
Platforma 2026-yilning yozida ishga tushirilgan. CERT-CBU boʻlinmasi rahbari Mirzabek Bobojonov avgust oyida banklar birinchi bosqichda ma’lumotni istamay baham koʻrganini, ammo ma’lumot almashinuvi hajmi asta-sekin oshganini ta’kidlagan edi. Yil boshidan buyon mamlakatda 18 million shubhali tranzaksiya toʻxtatildi.