Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks yangi 188⁵-modda bilan töldirilmoqda. Huquqbuzarlik holatlari haqida xabar beriş majburiyati yuklatilgan davlat organlari va boşqa taşkilotlarning mansabdor şaxslari hamda xodimlari içki işlar organlari va «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlarini xabardor qilişning qonunçilikda belgilangan tartibini buzgan taqdirda, ularga nisbatan jarima qöllanilişi nazarda tutilgan. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan 24-noyabr kuni ikkinçi öqişda qabul qilindi.

Palata maqsadni oçiq ifodalagan: huquqbuzarliklarni öz vaqtida aniqlaş va ular sodir etilişining oldini oliş, davlat organlari va taşkilotlarning mas’uliyatini oşiriş, şuningdek, fuqarolarning, jumladan, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş. Ta’kidlanişiça, amaliyotda ayrim huquqbuzarlik holatlari haqida vakolatli organlarni öz vaqtida xabardor qilmaslik ularni aniqlaş va tegişli huquqiy çoralar körişga salbiy ta’sir körsatmoqda.

Asosnomada keltirilgan raqam muammoning kölamini körsatadi: 2025-yilda 536 ta erta tuğuruq holati «E-material» axborot tizimida röyxatga olinmagan va ular böyiça tergovga qadar tekşiruv ötkazilmagan. Palata xabarida aynan qaysi taşkilot va xodimlar yangi modda ta’siri ostiga tuşişi hamda jarima miqdori qança bölişi körsatilmagan. Bosh prokuratura muhokamaga qöygan loyihada fuqarolar va xodimlar uçun birinçi marta sodir etilgan huquqbuzarlik uçun BHMning 3 baravaridan 5 baravarigaça — 1 mln 320 ming sömdan 2 mln 200 ming sömgaça jarima taklif qilingan edi; yakuniy miqdor qonun matnida belgilanadi. Uşbu taşabbus haqida sentyabr oyida yozgan edik.

Kontekst

Oilaviy (maişiy) zöravonlik Jinoyat kodeksida alohida 126¹-modda sifatida ajratilgan: unga köra oilada takroriy yoki oğir zöravonlik sodir etganlik uçun javobgarlikka tortiladi. Tahririyat bahosiga köra, aynan şu sababli bunday holatlar vaziyat oğirlaşganda emas, balki boşidanoq qayd etib borilişi muhim.

Şu mavzuda