2026 moliya yilida Jahon banki guruhi 2022-yildagi 35 mlrd dollarga nisbatan 112 mlrd dollar xususiy mablagʻ jalb qildi. Oʻz moliyalashtirishi bilan birga umumiy hajm 200 mlrd dollardan oshdi. Daromadi oʻrtachadan past mamlakatlar uchun koʻrsatkich 14 mlrd dan 37 mlrd dollargacha, daromadi oʻrtachadan yuqori mamlakatlar uchun — 12 mlrd dan 50 mlrd gacha oʻsdi, daromadi past mamlakatlar uchun taxminan 3 mlrd darajasida qoldi. 25 mlrd dollardan ortiq miqdorda kafolatlar chiqarildi — 2030-yilgacha 20 mlrd dollarlik maqsadga toʻrt yil oldin erishildi. Bankda ta’kidlashlaricha, rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda ish oʻrinlarining oʻn tadan toʻqqiztasini xususiy sektor yaratadi va moliyalashtirishning 55% i beshta sohaga yoʻnaltirilgan: infratuzilma va energetika, agrobiznes, sogʻliqni saqlash, turizm va qayta ishlash sanoati.

Mamlakatlar kesimidagi ma’lumotlar, jumladan Oʻzbekiston boʻyicha, xabarda yoʻq.

Kontekst

Jahon banki guruhining kafolatlar platformasi 2024-yilda kafolat mahsulotlariga yagona kirish nuqtasi sifatida yaratilgan. Hozir bank originate-to-distribute mexanizmini — institutsional investorlar uchun investitsiyalarni qadoqlashni rivojlantirmoqda.