Alina Saidova06-okt, 2026Jamiyat
Oʻzbekistonda dekabrdan «Mening pensiyam» xizmati ishga tushadi — kelajakdagi pensiya miqdorini oldindan bilish mumkin boʻladi
Hozircha kelajakda qancha pensiya olishingizni faqat taxminan — turli kalkulyatorlar va OAVdagi izohlar orqali bilish mumkin. 2026-yil 1-dekabrdan boshlab esa buni davlatning «Mening pensiyam» xizmati rasman koʻrsatishi kerak: JShShIRni kiritasiz, OneID orqali identifikatsiyadan oʻtasiz va tizim haqiqiy ish staji hamda ish haqi ma’lumotlaringiz asosida hisob-kitobni koʻrsatadi. Bir yil avval Pensiya jamgʻarmasi xizmatni bundan ham oldinroq — bahorda ishga tushirishni va’da qilgan edi. Hozir nimalar rasman tasdiqlangan, nimalar esa hozircha va’da boʻlib qolayotganini koʻrib chiqamiz.