Haq qanday hisoblanadi va kim nimaga javob beradi

Ulaniş sanasi boşqaruv kompaniyasi imzolaydigan ikki tomonlama dalolatnomada qayd etiladi, hisob-kitob aynan şu sanadan boşlanadi. Şu yerda issiqlik ta’minoti taşkiloti mas’uliyat doiralarini ajratib körsatgan: uy içida issiqlikni taqsimlaş va uy içidagi tizimlarning sozligi uçun boşqaruv taşkiloti, issiqlik tarmoqlaridagi avariyalar uçun esa kompaniyaning özi javob beradi. Şuning uçun xonadondagi batareyalar notekis isisa, issiqlik ta’minoti taşkilotining fikriça, birinçi murojaat manzili — boşqaruv taşkiloti.

Aynan uy içidagi tizimni tekşiriş kerakligini bildiruvçi belgilarni kompaniya oldindan sanab ötgan: radiatorlar notekis isiydi, tizim işlaydi, ammo xona sovuq, quvurlarda gulduros va taqillaşlar eşitiladi, ulaniş joylarida oqiş va zang izlari körinadi, muammodan esa bir neçta xonadon şikoyat qiladi. Tarmoqlardagi avariyalar böyiça murojaatlar 1347 va (71) 200-00-56 raqamlari hamda telegram-bot orqali sutka davomida qabul qilinadi. Kompaniya 9-noyabrdagi xabarida 1055 qisqa raqamini ham körsatgan va xonadonda isitiş notekis işlasa, xuddi şu kanallarga murojaat qilişni taklif etgan.

Kompaniya qorayğan suv haqida nima degan

Issiqlik yoqilişidan oldin, 4-noyabr kuni Veolia Energy Tashkent sirkulyatsiyani sozlaş paytida quvur devorlaridan yoz davomida töplangan çökindilar yuvilib ketişini, şu sababli ba’zi uylarda suv vaqtinça qorayişi yoki hid paydo bölişini tuşuntirdi. Tumanlardan kompaniya Mirzo Uluğbek tumanini (Qorasuv, Feruza, Yalanğoç) nomlagan. Uning aytişiça, brigadalar turib qolgan suvni qölda oqizib yubormoqda va tarmoq qismlarini yuvmoqda; aholiga suvni özlari oqizmasdan, aniq manzilni çat-botga yuboriş taklif qilingan.

Javobsiz qolayotgan masalalar

Kompaniyaning telegram-kanalida 4–9-noyabr kunlari e’lon qilingan postlarda issiq suv ta’minoti tizimida suv sifati me’yorlari, namunalarni kim va qançalik tez-tez olişi hamda call-markazga kelgan murojaatlar soni haqida ma’lumot topmadik. Tarmoqlarni yuviş qaçon tugaşi ham aytilmagan.

Kontekst

Issiqlik ta’minoti 9-noyabrdan poytaxt hokimining qaroriga köra ijtimoiy obyektlar va köp xonadonli uylar uçun bir vaqtda boşlandi. Birinçi kuni şahar hokimi örinbosari Obidjon Muminov uskunalar işlaşi va tizim holatini közdan keçirdi. Toşkentning markazlaşgan issiqlik ta’minotini Veolia Energy Tashkent boşqaradi: 2021-yil 29-sentyabrdagi davlat-xususiy şeriklik bitimiga köra tizim kompaniyaga 30 yil muddatga berilgan.

Şu mavzuda