Har kuni metropolitendan 1,2 milliondan ortiq kişi foydalanadi. Parkda 55 ta zamonaviy hamda belgilangan foydalaniş muddatini ötab bölgan 30 ta eskirgan tarkib mavjud: eskilari örtaça 1000 nafargaça, yangilari esa 1300 nafargaça yölovçini taşiydi.
Yuklamani kamaytiriş uçun hozirda harakat oraliqlari qisqartirilmoqda, zaxira tarkiblari eng gavjum uçastkalarga yönaltirilmoqda hamda yölovçilarning çiqişi va tuşişi tartibga solinmoqda. «Muammoni faqat taşkiliy çoralar bilan hal qilib bölmaydi», — dedi «Toşkent metropoliteni» AJ raisi örinbosari Yöldoş Yusupov.
2027–2028-yillarda 28 ta zamonaviy beş vagonli tarkib va foydalanilayotgan 40 ta tarkib uçun qöşimça vagonlar xarid qiliş rejalaştirilgan. Metropolitendagilar bu poyezdlar siğimini oşirişi hamda ertalabki va keçki tiğiz vaqtlarda tirbandlikni kamaytirişini kutmoqda.
Bekatlar orasidagi yuklama notekis taqsimlangan. «Çilonzor» bekatidan har kuni 60–65 ming, «Mirzo Uluğbek»dan 20–25 ming, «Xalqlar döstligi»dan 35–40 ming, «Milliy boğ»dan esa 6–8 ming kişi foydalanadi. Metropolitendagilarning ta’kidlaşiça, yölovçilar odatga köra oldingi vagonlarni egallaydi, tarkibning örtasida esa böş joy köproq qoladi. Şu bois, ikkinçi va uçinçi vagonlardan faolroq foydalaniş maslahat berildi.
Kontekst
Metropolitenda talabning ösişi poytaxt aholisi sonining köpayişi, şahar hududining kengayişi hamda yangi turar joy massivlari va işbilarmonlik markazlarining paydo bölişi bilan boğlanmoqda. Eskilari 1000 nafargaça yölovçini siğdira olsa, yangi tarkiblar 1300 nafargaça, ya’ni taxminan 30 foizga köproq yölovçini öziga siğdira oladi.
Şu mavzuda