Qömita yiğilişi 30 oktyabr kuni Bosh vazir örinbosari Supxaji Sutxumpxan raisligida ötdi. Unda Turizm boşqarmasining Meksika va Kolumbiya fuqarolari uçun 15 kundan kam muddatga qolişda vizalarni bekor qiliş töğrisidagi taklifini Tailand Taşqi işlar vazirligiga yuboriş ma’qullandi; Özbekiston va Belarus böyiça qömita bunday arizalarni avvalroq ma’qullagan edi. Turizm vaziri şu yerning özida Taşqi işlar vaziridan elektron vizalar berişni tezlaştirişni söradi — bu mamlakatlardan kelgan sayohatçilar keçikişlarga duç kelmoqda. Nation Thailand ma’lumotlariga köra, Viza siyosati qömitasining özi taklifni 9-noyabr kuni körib çiqadi.
Özbekistonliklar uçun viza 2026-yil 15-sentyabrdan boşlab talab etiladi. Tailand barça 93 mamlakat va hudud uçun 60 kunlik vizasiz kirişni bekor qildi, 15 kunlik rejimni joriy etdi, 30 kunlik rejimni qayta körib çiqdi va kelişda viza beriladigan mamlakatlar röyxatini qisqartirdi. Özbekistonga na vizasiz rejim, na kelişda viza berildi: qaror 19-may kuni Tailand hukumati tomonidan qabul qilingan, IIV buyruqlari 31-avgust kuni Royal Gazette’da e’lon qilingan va 15 kundan söng kuçga kirgan. Viza Thailand e-Visa orqali rasmiylaştiriladi, elçixona hujjatlarni parvozdan 14 iş kuni oldin topşirişni maslahat beradi.
Teskari yönalişda ham viza rejimi amal qiladi: Özbekistonga 30 kunlik vizasiz kiriş mumkin bölgan mamlakatlar röyxatida Tailand yöq, u fuqarolari elektron viza oladigan davlatlar röyxatida.
Kontekst
Xuddi şu yiğilişda 2028–2032-yillarga möljallangan Törtinçi milliy turizmni rivojlantiriş rejasi loyihasi tasdiqlandi: 2032-yilga kelib Tailand turizmdan 4 trillion bat daromad olişni va global turizmni rivojlantiriş indeksida 38-örindan birinçi 30 talikka kötarilişni rejalaştirmoqda.
Şu mavzuda