Raqamlar AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligining 2026-yil 11-avgustda yangilangan ma’lumotlar töplamidan olingan. Körsatkiç uyda iste’mol qilingan oziq-ovqat va alkogolsiz içimliklar uçun xarajatlarning tovarlar va xizmatlar uçun umumiy iste’mol xarajatlaridagi uluşini hisoblaydi. Spirtli içimliklar va tamaki alohida qatorda turadi: Özbekistonda ularning uluşi 1,6 foizni taşkil etadi. Uydan taşqarida ovqatlaniş hisobga olinmaydi. Körsatkiç Özbekistondagi uy xöjaliklari kuzatuvi asosida emas, balki Oxford Economics ma’lumotlari asosida hisoblangan; ma’lumotlar 2026-yil yanvar oyida olingan, şuning uçun 2025-yil uçun raqamlar dastlabki bölişi mumkin.

Ustunli diagramma: Özbekiston iste’mol xarajatlarida oziq-ovqat uluşi 2021-yilda 46,5%, 2022-yilda 46,4%, 2023-yilda 46,3%, 2024-yilda 45,4% va 2025-yilda 44,8% ni taşkil etdi
Manba: USDA Economic Research Service, Oxford Economics ma’lumotlari asosidagi hisob-kitoblar

Şu bilan birga, xarajatlarning özi dollarda hisoblaganda ösdi: 2021-yilda bir kişiga ovqat uçun yiliga 483 dollar va 2025-yilda 1150 dollar töğri keldi, barça iste’mol xarajatlari esa bir kişiga 1039 dollardan 2564 dollargaça oşdi.

Sababi şundaki, oziq-ovqat xarajatlari boşqalarga qaraganda sekinroq ösmoqda: 2021-yildan 2025-yilgaça ular 2,4 baravarga, barça iste’mol xarajatlari esa 2,5 baravarga oşdi. AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligining Iqtisodiy tadqiqotlar xizmati buni umumiy qonuniyat bilan izohlaydi: kambağal mamlakatlarda daromadning katta qismi oziq-ovqatga sarflanadi, farovonlik oşgani sari xarajatlar boşqa moddalarga köçadi. Narxlar bu yerda asosiy omil emas: Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026-yil sentyabrida mahsulotlar narxi bir yilda 6,3 foizga oşdi, umumiy inflyatsiya esa 6,4 foizni taşkil etdi.

Röyxatda Özbekistondan yuqorida oltita davlat bor: Nigeriya — 56,2 foiz, Myanma — 54,8 foiz, Laos — 53,9 foiz, Keniya — 48,7 foiz, Turkmaniston — 46,3 foiz va Tanzaniya — 45,8 foiz. Undan quyida: Qozoğiston — 41,7 foiz, Ozarbayjon — 37,6 foiz, Gruziya — 31 foiz, Belarus — 30,6 foiz, Rossiya — 25,7 foiz, Turkiya — 21,6 foiz va Xitoy — 18,1 foiz. Eng past uluşlar Singapur va AQŞda — 6,3 va 6,4 foiz. Qirğiziston va Tojikiston ma’lumotlar töplamida yöq.

Kontekst

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekiston aholisining daromadlari real hisobda 8,1 foizga oşdi va 1026,7 trln sömni taşkil etdi; aholi jon boşiga hisoblaganda bu davr uçun 26,1 million söm bölib, nominal hisobda 13,2 foizga, real hisobda esa 6,2 foizga ösdi. Minimal iste’mol xarajatlari 2026-yil uçun kişi boşiga oyiga 715 ming söm etib belgilandi: bu 2025-yildagi 669 ming sömlik körsatkiçdan 6,9 foizga yuqori. Bu alohida körsatkiç: metodikaga köra, u uy xöjaliklari kuzatuvi asosida hisoblanadi va oziq-ovqat mahsulotlarini (kişi boşiga 2200 kkal) hamda zarur oziq-ovqatdan taşqari tovarlar va xizmatlarni öz içiga oladi, şuning uçun USDA jadvalidagi oziq-ovqat uluşi bilan töğridan-töğri taqqoslanmaydi.

Şu mavzuda