Matbuot anjumani Prezident Administratsiyasi huzuridagi OAV uçun kontent tayyorlaş markazida bölib ötdi. Mobil qurilmalardan bojxona tölovlari ön oy içida 2,1 barobarga oşib, 2 trln sömga yetdi. iPhone böyiça farq keskinroq: 2023–2024-yillarda mamlakatga rasman yiliga örtaça 10 mingta qurilma olib kirilgan bölsa, 2026-yilning ön oyida 452 mingdan ortiq qurilma import qilindi, ulardan byudjetga 756,6 milliard söm tuşdi, bu ötgan yilga nisbatan 6,2 barobar köp. Jismoniy şaxslar şu davrda bojsiz limitdan ortiq 150,9 ming qurilmani rasmiylaştirib, 189 mlrd söm töladi.
Qömita ikki sxemani tasvirlab berdi. Arzon qurilmalar va telefon platalari uçun hujjatlarga qimmat smartfonlarning kodlari yoziladi: bir holatda 10,6 ming dona Tecno qurilmasiga iPhone va Samsungga tegişli IMEI kodlar rasmiylaştirilgan. Ikkinçi sxema — röyxatdan ötmagan qimmat qurilmalarga dasturiy ta’minotni qayta yozişdir: şundan söng sozlamalarda bir identifikator körinadi, USSD soʻrovi orqali esa boşqasi çiqadi. 2025-yilda noqonuniy olib kirilgan 47,9 ming qurilma ushlandi, bu bir yil avvalgidan 4,4 barobar köp. Endi kod almaştirilganiga şubha bölsa, aeroportdagi bojxonaçilar u yerda doimiy işlaydigan UzIMEI vakillariga murojaat qiladi, 11-noyabrdan boşlab esa rasmiylaştiriş odatdagi tartibda davom etmoqda.
IMEI-kodlarni röyxatdan ötkazişni tizim operatori amalga oşiradi: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentyabrdagi 778-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga köra, qurilma egasi unga şaxsini tasdiqlovçi hujjat bilan şaxsan murojaat qiladi va *#06# terilgandan söng ekran suratini taqdim etib, kodning qurilmaga tegişliligini tasdiqlaydi.
Kontekst
Aeroportda rasmiylaştirişning töxtatilişi haqida qömita 10-noyabr kuni keçqurun xabar berdi, batafsil — 11-noyabrdagi materialimizda. 5-noyabr kuni qömita qurilmalarni import qiliş tartiblarini soddalaştiriş va axborot tizimlari integratsiyasini rivojlantiriş rejalarini e’lon qildi.
Şu mavzuda