Markazlar IIV huzuridagi Migratsiya va personallaştiriş departamenti tarkibida bosqiçma-bosqiç taşkil etiladi: 2027-yilda — Toşkent şahrida, 2028–2030-yillarda — Samarqand, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va Farğona viloyatlarida. Har bir markaz davlat muassasasi va yuridik şaxs maqomini oladi.

Jinoyat işlari böyiça tuman yoki şahar sudining ajrimiga köra yoki quyidagi asoslardan biri mavjud bölgan taqdirda joylaştiriladi: şaxsni tasdiqlovçi hujjatning yöqligi yoki muddati ötganligi; sudning ma’muriy çiqarib yuboriş töğrisidagi qarorini bajarmaslik; taklif qiluvçi tomon bilan aloqa yöqligi; sudni xabardor qiliş mumkin bölmagan dam oliş, bayram yoki keçki soatlarda huquqbuzarlik sodir etganlik; şaxsning mamlakatda bölişi nomaqbul deb topilganligi — agar u ön kun içida öz ixtiyori bilan ketmasa va uni majburiy çiqarib yuborişning imkoni bölmasa. Şaxsi aniqlangunga qadar yoki, agar sud çiqarib yuborişni tayinlagan bölsa, qaytariş uçun hujjatlar tayyor bölgunga qadar, lekin bir yildan ortiq bölmagan muddatda uşlab turiladi.

Markazda saqlanayotganlarga advokat va tarjimon yordami, advokatga, yaqin qarindoşlariga yoki öz mamlakatining vakolatxonasiga bir marta bepul telefon qönğiroği, öz hisobidan çeklanmagan qönğiroqlar, sakkiz soatlik uzluksiz tungi uyqu, kunduzi sayr qiliş va agar bu boşqalarning huquqlarini buzmasa, diniy marosimlarni ado etiş kafolatlanadi. Yaşaş maydoni me’yori — bir kişiga kamida 2,5 kv. m, ayollar va voyaga yetmaganlar uçun 3 kv. m hamda yuqumli kasalliklar bilan oğrigan bemorlar, homilador va bolali ayollar uçun 4 kv. m. Ombudsman, Bola huquqlari böyiça vakil va Inson huquqlari böyiça milliy markaz markazlarga tösiqsiz kiriş huquqiga ega böladi. Oçlik e’lon qilganlar doimiy tibbiy nazorat ostida alohida joylaştiriladi.

Alohida band bilan IIVga Soğliqni saqlaş vazirligi va Taşqi işlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Özbekistonga kirişda barça çet el fuqarolari uçun majburiy tibbiy suğurta tartibini belgilaş topşirilgan: suğurtalovçi tibbiy xizmatlarni qoplaydi, suğurtalanmaganlarga esa pulli xizmat körsatiladi. Markazlarni moliyalaştiriş davlat budjeti, IIVning budjet va budjetdan taşqari mablağlari, homiylik mablağlari hamda xalqaro taşkilotlarning grantlari hisobidan amalga oşiriladi; loyihada markazlarni taşkil etiş xarajatlarini IIVning 2026-yilgi budjeti doirasida qoplaş, 2027-yildan boşlab esa budjet parametrlariga kiritiş taklif etilmoqda. Loyiha muhokamasi 3-dekabrga qadar davom etadi.

Kontekst

Saqlanayotganlar uçun oziq-ovqat va körpa-töşak bilan ta’minlaş me’yorlarini Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-sonli qaroridan oliş taklif etilmoqda. Mazkur qaror bilan jazoni ijro etiş muassasalari, tergov hibsxonalari, vaqtinça saqlaş hibsxonalari va IIV maxsus qabulxonalaridagi ta’minot me’yorlari tasdiqlangan. Markazga joylaştiriş tartibining özini esa IIV va Soğliqni saqlaş vazirligi uç oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritişi kerak.

Şu mavzuda