Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 23-noyabr kuni e’lon qilindi, muhokama 8-dekabrgaça davom etadi. U «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonunni 27¹-modda bilan töldirgan 2026-yil 22-iyundagi ÖRQ-1155-sonli qonun ijrosini ta’minlaydi.

Uşbu moddaga köra, reyestrga kiritilgan şaxslarga davlat xizmatiga kiriş va davlat mukofotlari bilan taqdirlaniş; saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga öz nomzodini körsatiş; davlat organlari huzuridagi jamoatçilik kengaşlariga hamda idoralararo kollegial organlarga a’zo böliş; özlari ta’sis etgan yoki 50 foizdan ortiq uluşga ega bölgan kompaniyalar orqali davlat xaridlari va davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitimlarda ijroçi sifatida iştirok etiş; davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan taşkilotlarda hamda davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarini egallaş taqiqlanadi. Ma’lumotlarni Içki işlar vazirligi (IIV) hukm qonuniy kuçga kirgan kundan boşlab uç iş kuni içida kiritadi va ular sudlanganlik muddati tugaguniga qadar saqlanadi.

Reyestr «Raqamli komplayens» dasturiy majmuasiga joylaştiriladi, IIV ma’lumotlari unga avtomatik tarzda tuşadi. Agar axborot tizimi reyestrga ulangan bölsa, u qaror qabul qilişdan oldin şaxs töğrisidagi ma’lumotlarni özi sörab oladi va zid qaror qabul qilişga yöl qöymaydi; çeklov holati, uning sababi va asosi qayd etib boriladi. Agar tizimga ulanmagan bölsa, çeklovni mansabdor şaxs qöllaydi, ma’lumotlarni esa unga davlat organining komplayens xizmati mas’ul xodimi taqdim etadi. Şaxsning reyestrga kiritilişi uning qarindoşlari huquqlarini çeklaşi mumkin emas.

Kontekst

Sudlanganlik holati tugallangan yoki olib taşlangan, oqlov hukmi çiqarilgan yoxud hukm bekor qilingan taqdirda, şaxs reyestrdan çiqariladi. Agar sudlanganlik muddatining tugaş sanasi oldindan kiritilgan bölsa, u şu kuni reyestrdan avtomatik ravişda çiqariladi. Loyihaga köra, qaror qabul qilingan kundan boşlab reyestrni işga tuşiriş uçun bir oy, Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali şaxsning reyestrda bor-yöqligi haqida ma’lumotnoma beriş xizmatini yölga qöyiş uçun esa ikki oy muddat ajratiladi.

Bu amalda nimani anglatadi?

Reyestr işga tuşirilgandan söng davlat organlari çeklov amal qiladigan har qanday qarorni (xizmatga qabul qiliş, mukofotlaş, jamoatçilik kengaşiga kiritiş, davlat xaridlarida iştirok etişga ruxsat beriş) qabul qilişdan oldin şaxsni uşbu reyestr orqali tekşirişi şart.

Şaxs yoki uning vakili ma’lumotnoma va köçirma olişi, xatolik aniqlangan taqdirda esa ma’lumotlarni töğrilaş yoki reyestrdan çiqarişni sörab IIV yoxud Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga murojaat qilişi mumkin. Mansabdor şaxslarning xatti-harakatlari ustidan yuqori turuvçi organga yoki sudga şikoyat qiliş mumkin.

Bu jamiyat uçun nimani anglatadi?

Qonunda korrupsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş va javobgarlikning muqarrarligini ta’minlaş asosiy maqsad sifatida belgilangan. Loyiha yana bir vazifani qöşmoqda: Agentlik korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş maqsadida reyestr ma’lumotlarini tahlil qilib boradi.

2025-yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar uçun 7 517 kişi jinoiy javobgarlikka tortildi, bunday işlar eng köp soğliqni saqlaş, ta’lim va mahalliy hokimliklarda uçradi. Ulardan qançasi reyestrga kiritilişi loyihada körsatilmagan.

Davlat uçun bu — ayrim mansabdorlarning qaroridan qat’i nazar, korrupsiya uçun sudlangan şaxslarning yölini tösiş usulidir, çunki tekşiruv tizimning özida mavjud. Sudlanganlar uçun esa bu butun sudlanganlik muddati davomida amal qiladigan çeklovdir. Şu bilan birga, reyestr yopiq hisoblanadi: ma’lumotlarni faqat davlat tizimlari, mas’ul xodimlar va şaxsning özi olişi mumkin. Uçinçi şaxslarga bu ma’lumotlarni uning roziligisiz oşkor etiş taqiqlanadi, şu bois xususiy sektordagi iş beruvçi yoki qöşnisi u haqda ma’lumot tekşira olmaydi.

Loyiha yuzasidan qanday savollar oçiq qolmoqda?

Takliflarni portaldagi istalgan band böyiça qoldiriş mumkin. E’lon qilingan tahrirda quyidagilar noaniq qolgan.

Şaxs qanday xabardor qilinadi? Loyihaning 18-bandida qonunçilikka havola qilingan, biroq kim, qanday şaklda va qaysi muddatda xabardor qilişi aytilmagan.

Xato tuzatilişini qança kutiş kerak? Agentlik murojaatni bir iş kuni içida IIVga yuboradi, ammo vazirlik ma’lumotlarni qança muddatda tuzatişi loyihada körsatilmagan. Bu vaqt içida esa avtomatik tizim şaxsga oid qarorlarni bloklab qöyişi mumkin.

Allaqaçon sudlanganlar bilan nima böladi? Reyestr işga tuşirilişidan oldin hukmi kuçga kirgan, ammo sudlanganligi hali olib taşlanmagan şaxslar reyestrga kiritilişi yoki kiritilmasligi haqida matnda heç narsa deyilmagan.

Ayni paytda lavozimda işlayotganlar bilan qanday yöl tutiladi? Vakolatli organ taqiqlangan faoliyatni töxtatiş çoralarini körişi kerak, lekin bu qanday çoralar ekani va ular mehnat qonunçiligiga qançalik mos kelişi loyihada oçiqlanmagan.

Tizimlar qaçon ulanadi? Integratsiya muddatlari qarorning ikkinçi ilovasidagi çora-tadbirlar rejasi bilan belgilanadi, biroq portalda uşbu ilovaning özi yöq.

Şu mavzuda