Tasavvur qiling, sizda tuman yangiliklariga ixtisoslaşgan, bir neça ming obunaçisi bölgan va izohlar bölimi oçiq Telegram-kanal bor. Yöl ta’miri haqidagi post ostida kimdir hokim pulni öğirlaganini yozib, bir-ikki oğiz qöpol söz qöşib qöyadi. Siz buni yozmagansiz, hatto körmagansiz ham. Bunday holda kanal administratori javobgarlikka tortilişi mumkinmi?

Bu masala faqatgina auditoriyasi milliondan oşadigan yirik blogerlarga tegişli emas. Özbekistonda minglab kanal va çatlarni oddiy odamlar boşqaradi: maktablardagi ota-onalar guruhlari, mahalla kanallari, qiziqişlar böyiça guruhlar. Ularning deyarli heç biri özini muharrir deb hisoblamaydi.

Öz postlaringiz: bu yerda hammasi tuşunarli

Admin özi e’lon qilgan postlar uçun muallif sifatida javobgar. «Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunda bloger öz sayti yoki sahifasida, şu jumladan muhokama qiliş uçun hammaga oçiq ma’lumotlarni joylaştiradigan şaxs sifatida tavsiflanadi. U e’lon qilişdan oldin ma’lumotlarning işonçliligini tekşirişi va öz resursidan taqiqlangan maqsadlarda, jumladan, adovat qözğatiş, giyohvandlik vositalarini tarğib qiliş, davlat sirlarini oşkor qiliş va boşqa qonunbuzarliklar uçun foydalanilişiga yöl qöymasligi şart.

Repost ham ma’lumot tarqatiş hisoblanadi. Agar kanalga birovning yolğon ma’lumotini repost qilsangiz, mas’uliyat sizning ham böyningizga tuşişi mumkin, hatto haqiqiy muallif boşqa odam bölsa ham. Mualliflik huquqi bilan boğliq vaziyat ham xuddi şunday. 2024-yil iyul oyida Toşkentdagi sud huquq egasining ruxsatisiz Yevro-2024 öyinlarini translyatsiya qilgan kanal administratorini Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 177-1-moddasi 1-qismi (mualliflik huquqini buziş) bilan jarimaga tortgan edi. Jarima bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravari, ya’ni 340 ming sömni taşkil etgan.

Begona izohlar: kulrang zona

Izohlar bilan boğliq vaziyat ança murakkab. Biz Özbekiston qonunçiligida begona izohlar uçun admin javobgarligini nazarda tutuvçi töğridan-töğri normani topmadik. 2019-yilda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari OAV, blogerlar hamda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi guruhlar moderatorlari foydalanuvçilarning izohlari uçun javobgar bölişini ma’lum qilgan edi. Ammo huquqşunoslar bunga e’tiroz bildirişgan.

Ulardan birining vajiga köra, qonun blogerni ma’lumotni joylaştirişdan oldin tekşirişga majbur qiladi, admin esa begona izohni e’lon qilinişidan oldin körmaydi va tekşira olmaydi. Bundan taşqari, uning fikriça, ijtimoiy tarmoqdagi akkaunt qonunda közda tutilgan şaxsiy veb-sahifa hisoblanmaydi: aks holda, uning hisob-kitoblariga köra, Özbekistondagi 1,6 milliondan ortiq Facebook foydalanuvçisini bloger deb hisoblaşga töğri kelardi. Internet-OAV tahririyatlari esa, uning baholaşiça, öz resurslaridagi izohlar uçun javobgardir.

Şundan beri vaziyatga köp ham oydinlik kiritilmadi. 2026-yil 17-martda Qonunçilik palatasi internetda nomaqbul söz ishlatiş va haqorat qiliş uçun ma’muriy javobgarlik töğrisidagi qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi. Tarmoqda haqorat qilganlik uçun 5 million sömgaça jarima yoki 10 sutkagaça ma’muriy qamoq jazosi taklif etilmoqda. Bu qonun loyihasi kanali bunday sözlar maydoniga aylangan adminlarga ham taalluqlimi — xabarlarda bunga aniqlik kiritilmagan.

Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi masalani qanday hal qilgan

Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi bu masalani bir neça bor körib çiqqan. «Delfi Estoniyaga qarşi» işida (2015) sud tijorat yangiliklar portali öz maqolalari ostidagi öquvçilarning noqonuniy izohlari uçun javobgar bölişi mumkinligini tan oldi.

2023-yilda sudning Katta palatasi «Sanchez Fransiyaga qarşi» işida yanada uzoqroqqa ketdi. Fransiyalik siyosatçi özining Facebookdagi devoridan birovlarning nafrat qözğatuvçi izohlarini öz vaqtida öçirmagani uçun aybdor deb topildi. Sud bunda söz erkinligining buzilişini körmadi (13 ta ovoz bilan, 4 ta qarşi). Sud siyosatçining özi sahifasini hamma uçun oçiq qilib qöyganini, saylovoldi kampaniyasi ketayotganini va uning özi onlayn muloqot bilan professional darajada şuğullanganini hisobga oldi. «Media Defence» inson huquqlari taşkiloti qarorni tanqid qildi: ularning fikriça, foydalanuvçilar javobgarlikdan qörqib, izoh qoldirişdan butunlay voz keçişlari mumkin.

Tahririyat bahosiga köra, bu qarorlardan umumiy mantiqni anglaş mumkin: platforma qançalik yirik va professional bölsa hamda izohdagi qonunbuzarlik qançalik yaqqol körinib turgan bölsa, platforma egasining harakatsizligi uçun javobgarlikka tortiliş ehtimoli şunçalik yuqori böladi.

Çegara — adminning munosabatida

Tahririyat bahosiga köra, amaliyotda eng muhim masala yomon izoh paydo bölgan-bölmaganida emas, balki admin unga qanday munosabat bildirganida. Haqoratli izoh beş daqiqa turib, keyin öçirib taşlansa — bu bir gap. Boşqa tomondan, agar admin bundan xabar topgan, şikoyat olgan bölsa-da, uni haftalab e’tiborsiz qoldirgan bölsa — bu butunlay boşqa masala. Agar admin bunday izohni özi qadab qöysa (pin qilsa), unga reaksiya bildirsa yoki skrinşot olib, alohida post sifatida e’lon qilsa, bu mutlaqo boşqa vaziyat hisoblanadi. Oxirgi holatda begona sözlar amalda uning öz postiga aylanadi.

Kanalda joriy etiş tavsiya etiladigan qoidalar

Izoh qoldiriş böyiça qisqa qoidalarni yozib, ularni qadab (pin qilib) qöying: haqoratlarga yöl qöymaslik, aniq şaxslarni isbotsiz jinoyatlarda ayblamaslik, birovning şaxsiy ma’lumotlarini oşkor qilmaslik. Kalit sözlar filtri yoki moderator-botni faollaştiring: Telegramda administratorlar uçun bunday sozlamalar mavjud.

Agar post ötkir mavzuda bölsa, uning ostida izohlar qoldiriş imkoniyati kerak yoki kerak emasligini oldindan öylab köring. Şikoyatlarga tezkor munosabat bildiring: yaqqol qonunbuzar izohni zudlik bilan öçirib taşlaş, ammo ehtimoliy nizolar uçun uning skrinşotini saqlab qöyiş ma’qul. Repostlarni faqat işonçli manbalardan qiling va begona video, muzika hamda translyatsiyalarni ruxsatsiz joylamang. Agar kanalda bir neçta admin bölsa, moderatsiya uçun kim mas’ul ekanligini özaro kelişib oling.

Kanal — kiçik tahririyat kabi

Qonun hozirça begona izohlar uçun javobgarlik masalasiga aniq javob bermaydi va bunday noaniqlik şaroitida admin özini xuddi muharrirdek tutgani xavfsizroqdir. Muharrir öquvçilarning xayolini oldindan öqiy olmaydi, lekin qoidalarni belgilaydi va ular buzilganda tezkor munosabat bildiradi. Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi qarorlariga köra, platforma egalaridan ham taxminan şunday yondaşuv kutilmoqda.

Uzbekistan Digital Rights Media Initiative (UDRMI) loyihasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantiriş markazi (MJDC) tomonidan Legal Policy Research Centre (LPRC) bilan hamkorlikda va Yevropa Ittifoqining (YI) moliyaviy kömagida amalga oşirilmoqda.

Şu mavzuda