Portal Boshqaruv samaradorligi agentligi axborot tizimlarida joylashtiriladi. Unda tekshiruvlar, ularning natijalari va koʻrilgan choralar haqidagi ma’lumotlar saqlanadi, ularni yoʻq qilish taqiqlanadi. Agar shikoyat portal uchun mas’ul xodimga, uning bevosita rahbariga yoki organ mansabdor shaxsiga taalluqli boʻlsa, murojaat avtomatik ravishda yuqori turuvchi instansiyaga yoʻnaltiriladi. Ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari boʻlganda materiallar 112 tizimi orqali vakolatli organlarga topshiriladi. Agentlik koʻrib chiqish majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish huquqini oladi.
Dastur avval davlat organlari va tashkilotlarini, shuningdek, davlat ulushi 50% va undan yuqori boʻlgan yuridik shaxslarni qamrab oladi, keyin mulkchilik shaklidan qat’i nazar, qolgan korxonalarga bosqichma-bosqich tarqaladi.
Kontekst
Yozda Qonunchilik palatasi Mehnat kodeksiga mehnat sohasida xarasmentni (ta’qibni) taqiqlovchi va kamsitish alomatlari roʻyxatini kengaytiruvchi tuzatishlarni qabul qildi. Mart oyida Prezident ayollar va bolalarga nisbatan ta’qib va zoʻravonlik uchun jazolarni kuchaytirish toʻgʻrisida farmon imzoladi. Davlat organlari ichida bunday shikoyatlarni berish va koʻrib chiqishning alohida mexanizmi hozirgacha boʻlmagan.