2026-yilning yozida Özbekiston Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova 16 yoşga tölmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişi qonun bilan çeklanişi mumkinligini ma’lum qildi: vazirlik bu masalani qat’iy nazoratga olmoqçi. Uning sözlariga köra, uşbu taşabbus deputat va senatorlar bilan muhokama qilingan, qonun loyihasini esa jamoatçilik muhokamasiga qöyiş rejalaştirilmoqda.
Özbekiston bu borada yagona emas: 20 dan ortiq mamlakat allaqaçon ijtimoiy tarmoqlar uçun yoş çeklovlarini joriy etgan yoki bunga tayyorgarlik körmoqda. Bunday taqiqlar qanday işlaşi va qanday savollar tuğdirişini tahlil qilamiz.
Avstraliya: ilk taqiq va dastlabki natijalar
16 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlarni butunlay taqiqlagan birinçi mamlakat Avstraliya böldi. Qonun 2024-yil oxirida qabul qilingan bölib, 2025-yil 10-dekabrdan kuçga kirdi. Bunda javobgarlik ota-onalar yoki bolalar emas, balki platformalar zimmasiga tuşadi. Hatto ota-onaning roziligi bölsa ham, heç qanday istisnolarga yöl qöyilmaydi.
eSafety regulyatorining xabar berişiça, dekabr oyining birinçi yarmida platformalar 16 yoşgaça bölgan bolalarga tegişli taxminan 4,7 million akkauntga kirişni çeklagan. Biroq regulyatorning özi ayrim platformalar qonun talablarini yetarli darajada bajarmayotganini tan olmoqda. Qonunning özi yuzasidan esa Reddit hamda Digital Freedom Project huquqni himoya qiliş taşkiloti Avstraliya Oliy sudiga e’tiroz kiritgan: sud eşituvlari 3–4-noyabr kunlari bölib ötdi, ammo hozirça qaror çiqarilmagan.
Kimlar Avstraliya izidan bormoqda
2026-yil sentyabr oyi örtalariga kelib, dunyo xaritasi quyidagiça körinişda edi.
Allaqaçon amal qilmoqda: Avstraliyada (2025-yil dekabridan), Indoneziyada (martdan) va Malayziyada (iyundan) — uçalasida ham 16 yoşgaça. Braziliyada mart oyidan boşlab 16 yoşgaça bölgan bolalarning akkauntlari ota-onalarining akkauntlariga boğlanişi, platformalar esa foydalanuvçilar yoşini tekşirişi şart.
Qabul qilingan, ammo hali kuçga kirmagan: Turkiya (15 yoşgaça) — qonun aprel oyida qabul qilingan bölib, 2026-yil oxiridan amal qila boşlaşi kerak.
E’lon qilingan: BAA (15 yoşgaça, taxminan bir yildan söng), Buyuk Britaniya (16 yoşgaça, 2027-yil boşidan keçiktirmay), Gretsiya (15 yoşgaça, 2027-yil yanvaridan) va Daniya (15 yoşgaça). Norvegiya yil oxirigaça qonun loyihasini kiritişga va’da bermoqda (16 yoşgaça), Kanadada esa qonun loyihasi 10-iyunda kiritildi (eng quyi yoş — 16).
Fransiyada parlament 15 yoşgaça bölgan bolalar uçun taqiqni ma’qullagan edi, biroq Konstitutsiyaviy kengaş uşbu qonunni bekor qildi; yangisi 2027-yil bahorigaça qabul qilinişi va’da qilinmoqda.
Yevropa Komissiyasi 16-sentyabr kuni butun Yevropa Ittifoqi miqyosida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni 13 yoşgaça bölgan bolalarga taqiqlaş hamda 15 yoşgaça bölganlarga nazorat ostida çeklangan ruxsat beriş taklifini ilgari surdi.
Körib çiqilmoqda: Ispaniya (16 yoş), Italiya (15), Portugaliya (raqamli baloğat yoşi — 16), Avstriya (14), Şvetsiya (15) va yoş çegarasi hali belgilanmagan Germaniya.
Yoş çegarasi va mexanizmlar turliça, ammo yönaliş bitta: davlatlar endi bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişi masalasini faqat oila va platformalar ixtiyoriga taşlab qöyişga tayyor emas.
Taqiq foydasiga dalillar
Çeklovlar tarafdorlari lentaga qaramlik, uyqu yetişmasligi, tazyiqlar, özini boşqalar bilan soliştiriş va bolalar körişi uçun hali erta bölgan kontent haqida gapirmoqda. Ularning sözlariga köra, ijtimoiy tarmoq algoritmlari e’tiborni imkon qadar uzoqroq uşlab turişga moslaştirilgan va ösmirlarga bunga qarşi turiş kattalarga qaraganda qiyinroq keçadi.
Masalaning amaliy jihati ham bor. Butun sinf ijtimoiy tarmoqlarda ötirgan bir paytda, ota-onalar bitta öz farzandiga buni taqiqlab qöyişi qiyin. Yagona qonun esa oilani bunday bosimdan xalos qiladi. Özbekistonlik vazir ham maktabga kiraverişda telefonlarni topşiriş qoidasiga hamma joyda ham amal qilinmayotganini, bolalarga telefonni butunlay taqiqlaş esa imkonsiz ekanini bejiz aytgan edi.
Taqiqqa qarşi dalillar
Tanqidçilar e’tirozni masalaning amaliy tomonidan boşlaşmoqda. Bolalarni tizimga kiritmaslik uçun platforma har bir foydalanuvçining yoşini aniqlaşi şart. Demak, kattalarning ham hujjatini tekşiriş yoki yuzini skanerlaşga töğri keladi. Şu tariqa, bolalarni himoya qiliş qolgan barça foydalanuvçilarning ma’lumotlarini yoppasiga yiğişga aylanib ketadi. Xususan, Reddit Avstraliya qonuniga qarşi kiritgan da’vo arizasida şaxsiy daxlsizlik va fikr bildiriş erkinligiga tuğilayotgan xavflarga e’tibor qaratadi.
Xabarlarga köra, Avstraliyada ösmirlarning aksariyati platformalardan foydalanişda davom etmoqda hamda VPN va boşqa usullar orqali yoşni tekşiriş tizimini çetlab ötmoqda. Ikkinçi dalil ana şu: taqiqlarni çetlab ötişadi.
Uçinçi dalil bolalarning öz huquqlariga daxldordir. BMTning Bola huquqlari töğrisidagi konvensiyasi bolalarning axborot oliş, öz fikrini erkin ifodalaş va muloqot qiliş huquqlarini kafolatlaydi. Kiçik şaharçada yaşovçi ösmir uçun ijtimoiy tarmoqlar hamfikrlar topiş, bilim oliş yoki öz muammolari haqida gapirişning yagona yöli bölişi mumkin.
Özbekiston qonun loyihasiga doir savollar
Qonun loyihasi matnini oçiq manbalardan topa olmadik, şuning uçun çeklov aynan qanday işlaşini aytib bölmaydi. Oktabr oyida vazir çeklovlar barça muammolarni hal qila olmasligini aytgan edi. Loyiha muhokamaga qöyilgaç, bir neçta jihatga e’tibor qaratiş foydadan xoli bölmaydi. Qaysi platformalar taqiq ostiga tuşadi: faqat ijtimoiy tarmoqlarmi yoki Özbekistonda maktab va ota-onalar çatlari yuritiladigan Telegram ham? Yoş qanday tekşiriladi va bu ma’lumotlarni kim saqlaydi? Qoidabuzarlik uçun kim javobgar böladi: platformami, ota-onalarmi yoki maktabmi? Şuningdek, mamlakatda vakolatxonasi bölmagan xorijiy kompaniyalarga nisbatan qonun qanday qöllanadi?
Avstraliya tajribasi şuni körsatadiki, qonunning işlaşi hamda maxfiylikka yangi xavf-xatarlar tuğdirmasligi aynan mana şu jihatlarga boğliq.
Taqiq savodxonlik örnini bosmaydi
Yoş çegarasi bolani yangiliklar lentasini eplaşga örgatmaydi: 16 yoşda ösmir baribir ijtimoiy tarmoqlarga kiradi va bu boradagi natija unga feyklarni farqlaş, şaxsiy ma’lumotlarini himoya qiliş hamda algoritmlar bilan kuraşişni oldindan örgatilgan-örgatilmaganiga taqiqning özidan kam bölmagan darajada boğliqdir (tahririyat bahosi). Qonun loyihasi endigina tayyorlanayotgan Özbekiston uçun bu nafaqat yoş çegarasini, balki maktab va oilada raqamli savodxonlikni ham muhokama qiliş uçun qulay fursatdir.
Uzbekistan Digital Rights Media Initiative (UDRMI) loyihasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantiriş markazi (MJDC) tomonidan Legal Policy Research Centre (LPRC) bilan hamkorlikda va Yevropa Ittifoqining (YI) moliyaviy kömagida amalga oşirilmoqda.
Şu mavzuda