Kim va qança oladi
Nizom hukumatning 3-noyabrdagi 606-sonli qarori bilan tasdiqlangan bölib, 4-noyabrdan boşlab amal qiladi. Halok bölgan odam oilasiga yordamni uning turmuş örtoği, farzandlari, ota-onasi va qaramoğidagi şaxslar oladi: nizom matniga köra, ularga bazaviy hisoblaş miqdorining 500 baravarigaça «teng uluşlarda» tölanadi. Nizomda oila uçun yakuniy summa qanday hisoblanişi aniq körsatilmagan, şuning uçun 220 million söm — BHMning 500 baravaridan hisoblanganda eng yuqori miqdor.
Jabrlanuvçilarga zarar oğirligiga qarab tölanadi: oğir tan jarohati uçun — bazaviy hisoblaş miqdorining 200 baravarigaça, örtaça oğirlikdagi jarohat uçun — 150 baravarigaça, yengil jarohat uçun — 100 baravarigaça. BHM 1-sentyabrdan 440 000 sömni taşkil etadi, ya’ni bu mos ravişda 88, 66 va 44 million sömgaça.
Tölov qanday amalga oşiriladi
Jabrlanuvçi yoki uning oilasi favqulodda vaziyat yuz bergan kundan boşlab 30 kun içida tegişli komissiyaga belgilangan şakldagi arizani taqdim etadi. Komissiya dalolatnomasi böyiça tölov Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar hokimlari yoki Toşkent şahar hokimining qarori bilan tayinlanadi, sud aybdor deb topgan yuridik şaxslar yoki ularning mansabdor şaxslari hisobidan tölanadi.
Sud aybdorlarni aniqlamaguça, pulni tuman yoki şahar hokimligi huzurida taşkil etilgan Texnogen favqulodda vaziyatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni qoplaş jamğarmasi tölaydi. Agar aybdor deb topilgan kompaniyalar belgilangan muddatda zararni töliq qoplay olmasalar, şu jamğarmadan tölanadi. Jamğarma yordamni komissiya sörovidan boşlab 30 kun içida tölaydi, söngra aybdorlardan pulni undiradi.
Texnogen favqulodda vaziyat deb nima hisoblanadi
Nizom ularga transport avariyalari va halokatlari, kimyoviy xavfli va portlaş-yonğin xavfi bölgan obyektlardagi hodisalar, energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar, binolar konstruksiyalarining tösatdan qulaşi, radioaktiv va boşqa xavfli moddalardan foydalaniş yoki ularni saqlaşdagi avariyalar hamda gidrotexnik avariyalarni kiritadi.
Nizom, masalan, uy özboşimçalik bilan qurilgan yoki röyxatdan ötkazilmagan bölsa, unda yuk kötaruvçi konstruksiyalar özboşimçalik bilan özgartirilgan bölsa yoki zarar foydali qazilmalarni noqonuniy qazib oliş bilan boğliq bölsa, amal qilmaydi.
Kontekst
Nizom 2022-yil 17-avgustdagi «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş töğrisida»gi ÖRQ-790-sonli Qonun ijrosini ta’minlaş maqsadida qabul qilingan. Yuridik şaxslar uçun xuddi şunday tartibni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tayyorlaşi kerak: qaror loyihasini uç oy içida Vazirlar Mahkamasiga kiritişi şart.
Şu mavzuda