Oktabr oyida obunani bepul rasmiylaştiriş imkoniyati paydo bölgandi: Google’ning xalqaro verifikatsiya böyiça hamkori SheerID Özbekistonni rasman qöllab-quvvatlanadigan mamlakatlar röyxatiga kiritdi. Bu haqda Google bilan muzokaralar olib borgan Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi. Verifikatsiyadan muvaffaqiyatli ötgan talaba yillik obunani bepul qölga kiritadi.
Obuna tarkibiga Gemini ilovasida ikki baravar köp limit va Flash Thinking modelidan foydalaniş, Google Photos, Disk va Gmail uçun umumiy 400 GB bulutli xotira, kinematografik sahnalar yaratiş uçun Google Flow SI-studiyasiga kiriş, Gmail içidagi Gemini, audio va videomateriallarning qisqaça mazmunini aytib beruvçi hamda test tuzuvçi kengaytirilgan Gemini Notebook, şuningdek, musiqiy SI-studiyaga kiriş imkoniyati kiradi.
Platformaning bosh sahifasida bu taklif «60 dollar → 0 söm» belgisi, obunani faollaştiriş tugmasi va bir daqiqa qirq bir soniyalik videoqöllanma bilan alohida blok qilib joylaştirilgan. Platformaning özi «Beş million sun’iy intellekt yetakçilari» deb ataladi.
Şu yerning özida yirik texnologik kompaniyalarning bepul kurslari ham mavjud. Vazirlik ularning tarkibini keltirib ötdi: Google — ikkita öquv qöllanma, Meta — uçta kurs, OpenAI — bitta qöllanma, NVIDIA — bitta qöllanma, AWS — 21 ta kurs, Oracle — 45 ta kurs, Coursera — beş ta kurs, DataCamp esa 700 dan ortiq kurs.
Kontekst
Platforma «Beş million sun’iy intellekt yetakçilari» loyihasi doirasida faoliyat yuritadi: Raqamli texnologiyalar vazirining 24-noyabr kuni Qonunçilik palatasidagi hisobotiga köra, bu loyiha doirasida 1,6 milliondan ortiq yoşlar öqib sertifikat oldi, maktablar uçun yetti, oliy öquv yurtlari uçun uç öquv qöllanma işlab çiqildi.
Şu mavzuda