Kelgusi beş yilda Buxoro viloyatida aholini içimlik suv bilan, yirik şaharlar va tuman markazlarini kanalizatsiya tarmoqlari bilan töliq ta’minlaş rejalaştirilmoqda. Xalqaro hamkorlar bilan birgalikda umumiy qiymati 633 million dollarlik ikkita yirik loyihani amalga oşiriş boşlandi: 781 ming kişi ilk bor içimlik suvdan foydalaniş imkoniyatiga ega böladi, yana 2 million aholining suv ta’minoti yaxşilanadi. Xabarlarda uşbu ikki loyihaning yakunlaniş muddatlari körsatilmagan.
Jami 7,8 milliard dollarlik 145 ta loyihadan iborat dastur şakllantirilgan: 654 million dollarlik 55 ta obyekt allaqaçon işga tuşirilgan, 7,1 milliard dollarlik 90 ta loyiha böyiça quriliş işlari boşlanmoqda. Ular neft-kimyo, töqimaçilik, quriliş materiallari, maşinasozlik, energetika, toğ-kon sanoati, farmatsevtika, raqamli texnologiyalar, logistika, qişloq va oziq-ovqat xöjaligi, uy-joy, infratuzilma, xizmat körsatiş va turizm sohalarini qamrab olgan. Unda ön uç mamlakat investorlari, Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki iştirok etmoqda. Prognozlarga köra, loyihalar 14 mingdan ortiq iş örni, yiliga 22 trillion sömlik mahsulot va 510 million dollarlik eksportni ta’minlaydi.
Sönggi yillarda viloyatda “yaşil” energetikaga 2 milliard dollar jalb qilindi: 1000 MVt quvvatga ega şamol stansiyalari, 750 MVt quvvatga ega quyoş stansiyalari, 63 MVt quvvatga ega akkumulyatorlar va 601 km magistral tarmoqlar işga tuşirildi. “Toyota Corporation” va “Sinoma” Jondor va Peşku tumanlarida yana 1000 MVt quvvatga ega şamol stansiyalarini, ACWA esa Ğijduvon tumanida 300 MVt quvvatga ega “Boş-2” stansiyasini qurmoqda. Romitan tumanida xitoylik investorlar 400 million dollarlik paxta-töqimaçilik klasterini yaratmoqda, Buxoro şahrida esa yiliga 62 ming tonna mahsulot çiqaradigan töqimaçilik majmuasi qurilişi rejalaştirilgan.
Buxoroning yangi turizm markazi 50 gektar maydonda qurilmoqda, sarmoya — 105 million dollar. U yerda qabullar uyi, muzey, ikkita mehmonxona, 80 ta oilaviy mehmon uyi, ikki ming örinli amfiteatr va 70 dan ortiq savdo obyektlari rejalaştirilgan bölib, foydalanişga topşirilgandan söng ikki mingta iş örni yaratilişi, sayyohlar oqimi 2 million kişiga oşişi va mahalliy byudjetga yillik tuşum 288 milliard sömni taşkil etişi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Şuningdek, şaharda Indigo, Holiday Inn va Hilton brendlari ostida mehmonxonalar oçiş rejalaştirilgan, Buxoroda esa jami 3 milliard dollarlik 19 ta loyiha boşlanmoqda. 2027-yilgi sammitlarga infratuzilmani tayyorlaş böyiça alohida ma’ruzalar tinglandi. $565 mlnlik yana yettita yöl loyihasi mintaqaning tranzit salohiyatini uç barobarga oşirişi kerak.
Kontekst
2026-yil aprel oyida viloyat uçun yillik maqsadlar belgilandi: 3,3 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni özlaştiriş, 1,5 milliard dollarlik eksportni ta’minlaş va 3,5 million xorijiy sayyohni qabul qiliş. Viloyatda 2025-yilda işsizlik darajasi 4,7 foizni, kambağallik 6 foizni taşkil etdi; 2026-yil uçun ikkala körsatkiçni ham 2 foizgaça kamaytiriş maqsad qilingan. Prezidentning sözlariga köra, töqqiz yil içida viloyatga 9,5 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan va 120 ming doimiy iş örni yaratilgan.
Şu mavzuda