Soliq qömitasi tizimni ikki bosqiçda joriy etişni ilgari suradi: avval tajriba-sinov tariqasida, söng majburiy tartibda. TIF TN kodlari 6401–6405 bölgan poyabzallar hamda elektr transformatorlari (8504-kod) markirovkalanişi lozim bölgan tovarlar röyxatiga kiritilmoqda. 2028-yil 1-yanvargaça işlab çiqarilgan yoki mamlakatga olib kirilgan markirovkalanmagan poyabzal va transformator qoldiqlarini bosqiçma-bosqiç sotişga ruxsat beriş taklif qilinmoqda: işlab çiqaruvçilar va importyorlarga — 2028-yil 1-aprelgaça, ulgurji sotuvçilarga — 1-iyulgaça, çakana sotuvçilarga esa 1-oktyabrgaça. Loyihaning özi prezidentning ikkita qarori — 2026-yil 2-iyuldagi PQ-250 hamda 12-sentyabrdagi PQ-325-sonli qarorlari ijrosi doirasida işlab çiqilgan.

Alohida bandda akkumulyatorlar uçun talablar yanada kuçaytirilmoqda. 2027-yil 1-yanvardan boşlab ularni majburiy raqamli markirovkalaşsiz işlab çiqarişni taqiqlaş, şuningdek, agar yuk bojxona deklaratsiyasida importning agregatsiyalangan kodi körsatilmagan bölsa, ularning importini «erkin muomalaga çiqariş» rejimida rasmiylaştirişni rad etiş taklif etilmoqda. Işlab çiqaruvçilar, importyorlar va ulgurji savdogarlarga markirovkalanmagan qoldiqlarni sotib tugatiş uçun olti oy muhlat beriladi, ulgurji va çakana sotuvçilar esa ularni ixtiyoriy hamda bepul markirovkalaş imkoniyatiga ega böladi.

Markirovkalaş «Asl belgisi» axborot tizimi orqali amalga oşiriladi. Tizim operatori — «CRPT TURON» MÇJ. Muhokamadagi asosiy e’tirozlardan biri ham aynan şu bilan boğliq: iştirokçilar markirovka kodi uçun tölov xususiy operatorga ketayotgani, skanerlar va dasturiy ta’minot xarajatlari esa kiçik dökonlar zimmasiga tuşayotganini yozmoqda.

Muhokamada dalillar takrorlanadi: poyabzal narxi oşadi, sarf-xarajatlar yuki oxir-oqibat xaridorga borib taqaladi, mayda işlab çiqaruvçi va sotuvçilarning uskunalar xarajati köpayadi, import uluşi esa ortadi. Ba’zi iştirokçilar yangi tovarlarga markirovkalaş joriy etilişiga moratoriy e’lon qilişni, boşqalari uni bepul qilişni, yana boşqalari esa uni faqat dori vositalari va aksiz tölanadigan tovarlarga nisbatan qöllaşni söramoqda. Yana bir tez-tez takrorlanadigan dalil: sun’iy tösiqlar Özbekistonning JSTga a’zo böliş borasidagi siyosatiga zid keladi.

Kontekst

Özbekistonda majburiy raqamli markirovkalaş kölami 2022-yildan beri kengaytirib borilmoqda: ayni paytda u maişiy texnika, mineral öğitlar va ösimliklarni himoya qiliş vositalariga nisbatan amalda bölsa, elektr akkumulyatorlari uçun 2026-yil 1-yanvardan boşlandi. Ösimlik yoği böyiça esa Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori bilan 2026-yil 1-iyuldan sinov loyihasi, 2027-yil 1-iyuldan esa majburiy markirovkalaş belgilangan. Bu loyiha haqida avval yozgan edik.

Şu mavzuda