Bu raqamlarni Şavkat Mirziyoyev 4 noyabr kuni dehqonlarga yöllagan tabrigida keltirgan edi. Deyarli 400 ming gektarda örtaça hosildorlik 70 sentnerga, taxminan 70 ming gektarda 100–110 sentnerga yetdi. Gektariga 100 sentner çegarasini mingga yaqin fermer xöjaligi va klaster egalladi, 4 mingdan ortiq fermerda hosildorlik 60–70 sentnerdan oşdi, 2,5 ming fermerda esa 80 sentnerdan. Jizzax, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida örtaça körsatkiç 60 sentnerdan yuqori, Qoraqalpoğiston esa 400 ming tonnadan ortiq hosil yiğib, ötgan yillarga nisbatan hosildorlikni 10–15 sentnerga oşirdi.

Terim mexanizatsiyalaşgan holda amalga oşirildi: 3 mingdan ortiq paxta teriş maşinasi hosilning 85 foizini 30–35 kunda yiğib oldi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida mexanizatsiyalaş 100 foizga yetkazildi. Raqamlaştiriş va dronlardan foydalaniş hisobiga xarajatlar ikki baravar kamaydi. Bu yil ekiş sxemalari özgartirilib, köçatlar soni ikki-uç baravar köpaytirildi, ğöza tunlami va gerbitsidlarga çidamli yangi biotexnologik navlar joylaştirildi, alohida Paxtaçilik kengaşi tuzildi.

Paxtakor fermerlarning sof foydasi bu yil 13–14 trln söm bölişi kutilmoqda. Agrosektorda 3,5 milliondan ortiq kişi işlaydi. Kelgusi yilda hosildorligi yuqori navlar, agrodronlar, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar, sun’iy intellekt orqali respublika böyiça örtaça hosildorlikni gektariga 65–70 sentnerga yetkaziş maqsad qilingan. Toşkentda bölib ötgan Butunjahon paxta kuniga bağişlangan forumda 30 dan ortiq mamlakat mutaxassislari Özbekistonda Butunjahon paxta markazini taşkil etiş taşabbusi bilan çiqdi.

Kontekst

1980-yillarda respublikada paxta uçun 2 mln gektarga yaqin yer ajratilgan bölib, örtaça hosildorlik 30 sentnerdan oşmagan, 2000-yilda 1,4 mln gektar yer ajratilgan bölib, butun mamlakat böyiça 3 mln tonna hosil olingan. Sönggi yillarda paxta yakkahokimligiga barham berildi, öqituvçilar, talabalar, öquvçilar va byudjet taşkilotlari xodimlarini dala işlariga jalb etiş töxtatildi.

Şu mavzuda