Markazga 41 ta yotoqxona ulangan, ularda 17,5 ming talaba yashaydi; shuningdek, oliy oʻquv yurtlari, doʻkonlar va umumiy ovqatlanish shoxobchalaridagi kameralar ham ulangan (gov.uz ma’lumotlariga koʻra, jami 117 ta kamera). Markaz maydoni 1368 kv. m boʻlgan, 2024-yilda qurilgan ma’muriy binoda joylashtirildi; binoni kapital ta’mirlash, markazni tashkil etish va hududni obodonlashtirish uchun 33 mlrd soʻm ajratildi. Asos — prezidentning 5 yanvardagi xavfsiz mahallalar yaratish boʻyicha manzilli ish haqidagi qarori.

Kontekst

Tizim ikki xil vazifani birlashtiradi: xavfsizlik va davomatni nazorat qilish. Ikkinchisi talabaning mashgʻulotlarda va shaharcha hududida ishtiroki haqidagi ma’lumotlar avtomatik yigʻilib, bitta platformada boshqa 17 ta tizim ma’lumotlari bilan jamlanishini bildiradi. Markazning ishga tushirilishi haqida e’lon qilingan materiallarda talabalar haqida qanday ma’lumotlar yigʻilishi, ularga kim kirish huquqiga ega ekani va ular qancha saqlanishi tavsiflangan alohida qoidalar keltirilmagan. gov.uz ma’lumotlariga koʻra, 36 soatdan ortiq dars qoldirgan talaba avtomatik ravishda «qizil» xavf toifasiga oʻtadi. 27 martdan boshlab mamlakat ichida majburiy saqlash faqat biometrik, genetik ma’lumotlar va aloqa abonentlari ma’lumotlari uchun qoldi, qolgan shaxsiy ma’lumotlarni esa shartlarga rioya qilgan holda xorijda qayta ishlash mumkin. Bu sohadagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 46-2-moddasida nazarda tutilgan: fuqarolar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravarigacha, mansabdor shaxslar uchun esa 50 baravarigacha jarima.