Shartnoma Sogʻliqni saqlash vaziri Eldor Adilov va kompaniya vitse-prezidenti Li Von Sok oʻrtasidagi uchrashuv yakunlari boʻyicha imzolandi.
Konsorsium loyihalashtirish, qurilishni boshqarish va ishlar ustidan nazorat, tibbiy uskunalarni tanlash, tibbiy xizmatlar va markazning axborot tizimini rejalashtirish boʻyicha maslahat beradi. Shuningdek, tibbiy yordam sifati, radiologiya, yadro tibbiyoti va nur terapiyasi boʻyicha xodimlarni uch bosqichli amaliy oʻqitish koʻzda tutilgan. «Biz uchun markazni yuqori sifat bilan qurish muhim. Biz Koreya tomonining tajribasi va ish sifatiga ishonamiz», — dedi vazir.
Markaz Koreya Eksimbanki bilan Toshkentda tashkil etilayotgan tibbiyot klasteri obyekti boʻladi. Ushbu bank ishtirokida 300 oʻrinli yuqori ixtisoslashgan koʻp tarmoqli shifoxona ham qurilmoqda: Sogʻliqni saqlash vazirligi 2025-yil iyul oyida tender e’lon qildi, UZB-12 krediti 124 million dollarni tashkil etadi, qurilish muddati — 26 oy, bino maydoni — 35 839,71 m², uchastka maydoni — 3,5 gektar.
Kontekst
EDCFning 124 million dollarlik krediti jalb etildi — Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 328-sonli qaroriga koʻra, yillik 0,15 foiz stavkada, 40 yilga va 10 yillik imtiyozli davr bilan. Respublika onkologiya markazining yangi majmuasi 650 statsionar va 80 kunduzgi oʻringa moʻljallangan: prezident uni 2024-yil 29-avgustda koʻzdan kechirdi. Avvalgi binoda 370 ta oʻrin boʻlgan.